Özbekiston tennis federatsiyasining Boş kotibi Iroda Tölaganova yana bir nufuzli lavozimga saylandi, deya xabar bermoqda Özbekiston MOQ matbuot xizmati.
«Hamyurtimiz bugun Osiyo tennis federatsiyasining (OTF) vitse-prezidenti deb e'lon qilindi. Tölaganova ötgan yilning 1 dekabr kuni Hindistonning Bangalor şahrida ötgan yiğilişda OTF direktorlar kengaşiga a'zo bölgan edi. Ortda qolgan vaqt mobaynida yurtdoşimizning samarali faoliyati uni xalqaro taşkilotning vitse-prezidentlik darajasiga kötardi» - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 38 yoşli Iroda Tölaganova tennis böyiça Özbekiston ayollar jamoasi boş murabbiyi ham hisoblanadi. U 2019 yil boşida federatsiya boş kotibi sifatida 20 yildan ortiqroq vaqt faoliyat yuritib kelgan Igor Şepelovning örnida iş boşlagandi.
Ma'lumot uçun, Iroda Tölaganova 1982 yilning 7 yanvarida Toşkent şahrida tuğilgan. Yakkalik bahslarida 3 martadan WTF va ITF turnirlari ğolibi. 2002 yilda jahon reytingidagi eng yuqori örni – 16-poğonaga kötarilgan. «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni, «Şuhrat» medali sohibasi sanaladi.







