Bugun, 27 yanvar kuni «Özbekiston mustaqillikka erişiş ostonasida: Prezidentlik instituti taşkil etilganining 30 yilligi» mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Davra suhbati davomida Özbekiston Fanlar akademiyasi tarix instituti olimi Rahim Ergaşev mamlakatda prezidentlik institutining ta'sis etilişi murakkab siyosiy davr talabi bölgani haqida gapirib ötdi.

«Har qanday davlatda ham prezidentlik instituti eng murakkab, hal qiluvçi davrda joriy etilgan. AQŞ va Yevropa davlatlarida ham, Afrika va Osiyoda ham mamlakat mustaqil böla boşlagan paytda, davlat uçun hal qiluvçi pallada bu lavozim ta'sis etilgan. Çunki tarixiy jarayonda yuz berayotgan voqealarga şaxsan javob beradigan odam zarur. Özbekistonda ham bu jarayon şunday keçdi», deydi olim.

Rahim Ergaşev Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov davridagi siyosiy boşqaruvga ilmiy baho beriş kerakligini ta'kidlar ekan, bu davrga «avtoritar rejim» sifatida berilayotgan turli munosabatlar yuzasidan fikr bildirdi.

«Islom Abduğaniyeviçning 1989 yilda davlat rahbarligiga kelgan davridan boşlab siyosiy faoliyatini ilmiy tahlil qiliş zarur. Çunki matbuotda, ijtimoy tarmoqlarda Islom Karimov bilan birga bölgan, öşa davrda işlagan ba'zi rahbarlar öz çiqişlarida şu davrga nisbatan juda ham töğri bölmagan fikrlarni aytişyapti. Bu, albatta, ularning şaxsiy fikrlari, lekin buni xalq öqiyapti. Bunday qaraşlarga çek qöyiş uçun ilmiy baho beriş kerak.

Islom Abduğaniyeviç davrida avtoritar rejim bölgan edi, deb köp aytiladi. 1993 yilda «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida Islom Karimovning özlari: «Murakkab davrda, ötiş davrida mas'uliyatni öz böyniga olgan insonda şunga yaraşa huquq ham bölişi kerak. Biz istaymizmi-yöqmi, bu boşqaruvning avtoritar şaklini joriy etadi», degan edi», – deya xotirladi tarixçi.

«Bundan taşqari, avtoritar boşqaruv elementlari boşqa davlatlarning murakkab davrlarida ham joriy qilingan. Mustaqillikka erişişda, mustaqillikning dastlabki davrida şunday böladi. Bu heç kimga sir emas. Biz buni ilmiy asoslab, ötiş davri uçun zarurat ekanligini körsatişimiz kerak.

Qayta quriş davridagi ba'zi prinsiplar mustaqillikdan keyin bekor qilindi. Ana şu prinsiplar bilan borilganda töğri bölardi, degan e'tirozlar ham bölgan. Qanday prinsiplar? Misol uçun, oppozitsiyaning bölişi. Bu hozirgi kunda ham muammmo. Ammo ötiş davrida boşqaruv tajribasiga ega bölmagan va siyosiy salohiyati yetarli bölmagan şaxslarning hokimiyatga kelişi mamlakat uçun yaxşi natijalarga olib kelmaydi», – deya qöşimça qildi Ergaşev.

Uning fikriça, prezidentlik instituti vaqt ötişi, davr almaşişi bilan transformatsiyaga uçrab boradi.

«AQŞda dastlab Jorj Vaşington prezident etib saylanganda bu lavozim monarxlikning muqobili sifatida ta'sis etilgan. Asrlar ötib, institut mohiyati özgardi, vakolatlari özgardi. Bizda ham 30 yil içida bu lavozim özgara bordi. Islom Karimov ham prezidentning ba'zi vakolatlarini Oliy Majlisga, Vazirlar Mahkamasiga berdi. Bu doimiy davom etadigan tarixiy jarayon», – deydi Rahim Ergaşev.

Eslatib ötamiz, bugundan Islom Karimov tavalludining 82 yilligiga bağişlangan tadbirlar haftaligi boşlandi.