«Tolibon» harakati Afğonistonda samolyot urib tuşirilişi uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Ular AQŞ harbiy samolyotini urib tuşirganliklarini ta'kidlamoqda, deb xabar berdi Ariana News telekanali.

Avvalroq Ğazna viloyatida samolyot halokatga uçragani xabar qilingandi. Ğazna gubernatori vakili Orif Nuriyning ma'lum qilişiça, samolyot toliblar nazorati ostidagi Deh-Yak tumani hududida röy bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, samolyot Afğonistonning Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasiga tegişli bölgan, ammo aviakompaniya vakillari bu ma'lumotni inkor etgan.
Tolo News telekanalining xabar berişiça, samolyot parçalarida AQŞ harbiy-havo kuçlarining tanituvçi belgilari bölgan.







