Ğildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlaş tizimini takomillaştiriş töğrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorda aytilişiça, Özbekiston Prezidentining “2030 yilgaça bölgan davrda Özbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qiliş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida” 2019 yil 30 oktyabrdagi Farmoni bilan 2022 yil 1 yanvardan boşlab zaharlilik darajasi ”Yevro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan ”M” va ”N” toifalaridagi ğildirakli transport vositalarini foydalaniş va ularni sotiş maqsadida ”vaqtinça olib kiriş” va “erkin muomalaga çiqariş (import)” bojxona rejimiga joylaştiriş man etilgan. 

Hujjat bilan, Özbekiston Respublikasiga olib kiriladigan ”M” va ”N” toifalardagi ğildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ilova qilingan nizomga köra, ğildirakli yangi transport vositasiga muvofiqlik haqidagi ekologik sertifikatni oliş uçun ariza beruvçi ekologik sertifikatlaş organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza; Özbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirganligi töğrisida belgi qöyilgan yuk taşiş hujjatlarining nusxasi (yuk xati, invoys, hisobfaktura); ğildirakli yangi transport vositasining pasporti (ğildirakli transport vositasi işlab çiqarilgan va unga taqdim etilgan sanasi körsatilgan hujjat) yoki hisob-ma'lumotnomasi; ğildirakli yangi transport vositalari uçun — ekologik standartdan past bölmagan ekologik toifa me'yorlariga ğildirakli yangi transport vositalarining mosligini tasdiqlovçi hukjatlar nusxasi (sinov bayonnomasi, xulosa, sertifikatlar, guvohnoma).

Hujjatlar ekologik sertifikatlaş organiga ”Yagona darça” bojxona axborot tizimi yoki töğridan-töğri ekologik sertifikatlaş organiga murojaat qiliş orqali taqdim etiladi.

Ekologik sertifikatlaş organi taqdim etilgan ğildirakli yangi transport vositasining hujjatlarini tahlil qiladi va ekologik sertifikatlaş töğrisida qaror qabul qiladi yoki agar taqdim etilgan hujjatlar nizomda körsatilgan talablarga javob bermasa, bir iş kuni mobaynida tegişli kamçiliklar körsatilgan holda ariza beruvçini xabardor qiladi.

Bunda ariza beruvçi hujjatlar bilan boğliq kamçiliklarni ön kalendar kunda bartaraf etişi va tegişli hujjatlarni ekologik sertifikatlaş organiga taqdim etişi lozim, aks holda ariza beruvçiga ekologik sertifikatlaş organi hujjatlarni ”Yagona darça” bojxona axborot tizimi vositalari bilan yoki aloqa poçtasi orqali uning manziliga qaytaradi.