Özbekistonga gibrid elektromobillarni olib kirişda ekologik sertifikat oliş talabi qöyildi. Qöyildi-yu, 3 kunga bormay olib taşlandi. Avtomobil importini qimmatlaştiradigan bu sirli çora nega joriy qilindi-yu, nega bekor qilindi – rasmiylardan biror izoh bölmayapti.

Ma’lum bölişiça, 1 maydan e’tiboran Özbekistonga elektromobil olib kirişda nafaqat utilizatsiya yiğimi 4 barobargaça oşgan, balki yangi xarajat – ekologik sertifikat oliş talabi ham paydo bölgan. Bu sertifikat bojxonada elektromobil deb rasmiylaştiriladigan gibrid avtomobillar – Lixiang, Leapmotor, Voyah, Deepal, AITO, Neta, Avatr kabilarga taalluqli bölib, maşinaning Yevro-4 ekologik standartiga javob berişini tasdiqlaşi kerak.

Autodeklarant kanalining yozişiça, ekologik sertifikat har bir dona avtomobil uçun alohida olişişi, uni oliş uçun 2 mln sömdan köproq tölov qiliş kerakligi belgilangan. Bu sertifikat qaysi taşkilot berayotgani, tölov miqdori qaysi asoslarga köra belgilangani kabi savollar oçiq qolmoqda.

Qiziği şundaki, asosiy yetkazib beruvçi bölmiş Xitoy avtosanoati 2018 yildan boşlab töliq Yevro-5 standartiga muvofiq avtomobil işlab çiqarişga ötgan. Şundan keyin 2021 va 2023 yillarda Xitoyda çiqariladigan avtomobillarning ekologik bezarar bölişiga nisbatan talablar yanada kuçaytirilgan. Şunga qaramay, Özbekiston rasmiylari Xitoydan kelayotgan avtomobillarning Yevro-4 standartiga mosligini tekşirişga qaror qilgani ajablanarli.

Lekin aftidan, bu ajabtovur tartibning umri uzoqqa çözilmadi. Autodeklarant kanaliga köra, yangilik joriy etilganidan 3 kun ötar-ötmay, 3 may kuni ekologik sertifikat talab qiliş töxtatilgan.

“Bojxona xodimlari elektromobil sifatida rasmiylaştirilayotgan gibrid avtomobillarga ekologik sertifikat oliş endilikda talab qilinmasligini aytişdi”, – deya yozdi kanal muallifi Azizbek Berdiyev.

Şu kuni Oliy Majlis Senati bayonot berib, bu masalada ekologiya vaziriga sörov yuborilganini ma’lum qildi. Senatning rasmiy munosabatida bu mavzu muhokamalarga sabab bölgani bejiz emasligi, çunki Özbekistonga kirib kelayotgan gibrid elektromobillar Yevro-5 yoki Yevro-6 ekologik standartlariga javob berişi aytiladi.