Bir vaqtlar Pablo Eskobar Kolumbiya şimolidagi villasida şaxsiy hayvonot boğini taşkil qilgan va bu yerga Afrikadan karkidon, jirafa, zebra va boşqa jonivorlar keltirilgandi.
Narkobaronning ölimidan keyin jonivorlarning aksariyati boşqa zooparklarga köçirilgan, ammo törtta begemot çangalzorga qoçib ketgandi. Ekologlarning baholaşlariça, hozirda ularning soni 80taga yetgan.
San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti olimlari kolumbiyalik hamkasblari bilan ularning mahalliy ekotizimga ta'sirini örgandi. Tadqiqot natijalari Ecology jurnalida çop etildi.
Olimlar ikki yil davomida hududdagi suv sifati, kislorod darajasi va suvdagi mikroorganizmlarni örganişdi. Tadqiqot rahbari, professor Jonatan Şurinning sözlariga köra, begemotlar suv resurslariga salbiy ta'sir körsatmoqda.
Ma'lum bölişiça, kunduzi quruqlikda ovqatlanib, tunni suvda ötkazadigan begemotlar çiqindi çiqarişi oqibatida hududdagi suvlarning kimyoviy tarkibi va sifati keskin özgargan. Begemotlar yaşaydigan suv havzalarida organik moddalar miqdori oşib ketgan. Bu yerda bakteriyalar va suvötlar köpaygan.
"Begemotlar soni yaqin yigirma yil içida mingtaga yetişi mumkin. Tadqiqot hali keç bölmasdan turib ularni nimadir qiliş kerakligini körsatmoqda. Zero mingta begemotdan köra 80tasini tutiş osonroq", - deydi Şurin.








