3 fevral, duşanba kuni Toşkent şahrida «C5+1» şaklida navbatdagi vazirlar uçraşuvi bölib ötadi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligidan ma'lum qilişlariça, uçraşuvda Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Çingiz Aydarbekov, Qozoğiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Taşqi işlar vaziri Raşid Meredov, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQŞ Davlat kotibi Maykl Pompeo iştirok etadi.
«Taşqi siyosat idoralari rahbarlari Markaziy Osiyo davlatlari va AQŞ hamkorligini rivojlantirişning dolzarb masalalarini muhokama qilişi kutilmoqda», – deyiladi TIV xabarida.
Pompeo Toşkentda 2 fevral kuni yetib kelişi kutilyapti. Taşrif davomida u prezident Şavkat Mirziyoyev qabulida ham böladi.
AQŞ davlat kotibining mintaqa diplomatiyasi yetakçilari bilan uçraşuvida Qöşma Ştatlarning Markaziy Osiyo böyiça yangi strategiyasi ham asosiy mavzulardan böladi.
Eslatib ötamiz, «Markaziy Osiyo-AQŞ» şaklining («C5+1») oxirgi yuqori darajali uçraşuvlari 2019 yil avgustida Nur-Sultonda, sentyabrda Nyu-Yorkda bölib ötgan edi.
Dekabr oyida Toşkentda ilk bor Markaziy Osiyo davlatlari taşqi işlar vazirlari örinbosarlari uçraşuvi bölib ötgandi.












