AQŞ Davlat kotibi Maykl Pompeo yanvar oyi oxirida Yevropa va Markaziy Osiyoga turne uyuştiradi. AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati xabariga köra, u 29 yanvar kuni taşrifini Buyuk Britaniya poytaxti Londondan boşlaydi, 31 yanvar kuni Ukrainaga keladi, 1 fevral kuni Belarusda böladi. Şundan söng u avval Qozoğistonga, keyin Özbekistonga taşrif buyuradi.

Toşkentda Maykl Pompeo prezident Şavkat Mirziyoyev va taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uçraşadi.

Şuningdek, u Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirlari iştirokidagi «Markaziy Osiyo — AQŞ» formatidagi vazirlar uçraşuvida («C5 + 1») qatnaşadi. 

«Maykl Pompeo AQŞning Markaziy Osiyo böyiça yangi strategiyasiga muvofiq mintaqa davlatlarini qöllab-quvvatlaşini tasdiqlaydi», deyiladi Davlat departamenti xabarida.

Eslatib ötamiz, Pompeo Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böylab turnesi doirasida 5-6 yanvar kunlarida Toşkentga taşrif buyurişni rejalaştirgandi, ammo Yaqin Şarqda Eron bilan yuz bergan mojarolar tufayli bu taşrif noma'lum muddatga qoldirilgandi.