«Özavtosanoat» tarkibidagi korxonalar monopolist ekanligi, buning oqibatida iste'molçilar mahsulot narxi, sifati, xizmat körsatiş darajasidan aziyat çekib kelayotgani matbuotda bot-bot takrorlab kelinmoqda.

Keyingi yillarda sohada vaziyat birmunça isloh qilinayotgani rost, biroq köngilni xijil qiluvçi holatlar hamon kuzatilib turibdi. Ana şunday holatlardan biri Samarqand şahrida röy bermoqda. Tahririyatga maşina xarid qiliş istagida pul tölab, sarson bölayotgan xaridorlar murojaat qilişdi.

Ma'lum bölişiça, Samarqand şahridagi avto yetkazib beruvçi korxona — «Samarqand avtotexxizmat» MÇJ bilan şartnoma imzolagan mijozlarning maşinalari berilmay turilibdi. Biz iş vaqti tugayotgan çoğda bu maskanga borib, şunday xaridorlarning ikki nafarini uçratdik. Aslida, bunday halak bölayotgan xaridorlar soni kamida 300 nafarligini aytişmoqda.

Mijozlardan biri Töti Şermamedova vaziyatni tuşuntirişiça, u 4-pozitsiyadagi «Kobalt» avtomaşinasiga noyabr oyida bankdan kredit rasmiylaştirib, töliq tölov qilgan. Şartnoma şartlariga köra, 31 yanvar kunigaça avtomaşina yetkazib berilişi kerak edi. Biroq, şartnoma şartlari bajarilmagan. Maşina yetkazilmagan. Uning maşinaga işonib boşlamoqçi bölgan işi töxtab turibdi.

Boşqa bir mijozning maşinasi esa avtosalon hovlisida 20 kundan beri qolmoqda. U ham maşinani bankdan kredit rasmiylaştirib olgan. Tölovlarni qilmoqda. Lekin maşinasini ololmayapti.

«Samarqand Avtotexxizmat» MÇJ boş muhandisi Şarofiddin Pardayev vaziyatga izoh berdi.

«Özavtosanoat» AJ tekşiruv ötkazib, avtosalonimizda ayrim kamçiliklarni aniqlagan va 2020 yil 7 yanvardan buyon faoliyatimizni çeklab qöygan. Biz dalolatnomada körsatilgan kamçiliklarni bartaraf etmoqdamiz. Mijozlarning barçasiga avtomaşinalari yetkazib beriladi. Qolib ketmaydi», deydi u.

Uning aytişiça, avtosalon turargohida ayni damda 61ta maşina egalariga tarqatilişini kutib turibdi. Mijozlarning maşinalari Buxoro va Angrendagi turargohlarda ham saqlanmoqda.

Mijozlar «Özavtosanoat»ning 141-77-77 raqamli işonç telefoniga ham murojaat qilişgan. U yerdan avtosalon «Özavtosanoat»ga qandaydir ariza berişi kerakligini aytişgan.

Şarofiddin Pardayev bu borada öz fikrini bildirar ekan, Samarqanddagi boşqa avtosalonlar orqali bölsa-da, avtomaşinalarni öz egalariga tarqatişlari, kerak bölsa keçiktirilgan kunlar uçun şartnomaga asosan hisoblanadigan jarimalar ham tölab berilişini aytib ötdi.

Şuningdek, avtosalon boş muhandisi «Özavtosanoat» komissiyasi tomonidan avtosalonda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan işlar olib borilayotgani — peşlavhalar özgartirilayotgani, kuzovlar uçun alohida usti yopiq bostirma qurilayotgani, bank bölimi oçilganini gapirib berdi.

Uşbu masalada eng qiziği — mijozlarning barçasi tölagan pullar şartnomaga köra töliğiça «ÖzAvtoMotors»ning hisob raqamiga borib tuşgan. Avtosalon faqat marja oladi. Modomiki, avtosalonning faoliyat körsatilişi töxtatilgan ekan, nega bundan yakunda iste'molçi, ya'ni fuqarolar aziyat çekişi kerak?

Xöp, avtosalonda ma'lum bir kamçiliklar bor ekan, ular aniqlanibdi ham deylik — ularni bartaraf etiş uçun mijozlarning huquqlari toptalmaydigan jazo çoralari qöllansa bölmaydimi? Aytaylik, marjadan mahrum qiliş. Yoki «Özavtosanoat»ga avtomaşina uçun töliq pul tölab bergan mijozlarning avtomaşinalari boşqa avtosalonlar orqali egalariga yetkazilişi çorasi körilmaydimi?

Mana şunday — maşina sotuvçi dilerlarni jazolovçi, xaridorlarni yuraköynoği qiluvçi «Özavtosanoat» özi kerakmi bizga; u yerda xalqni öylaydigan, rozi qila oladigan odamlar işlayaptimi özi, degan örinli savollar tuğilaveradi.

Qiziq, uşbu holat yuzasidan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi qanday çoralar körar ekan?.. Kuzatamiz.

Şuhrat ŞOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri.

UPD: Tanqiddan söng: Samarqanddagi avtosalonda maşinalar öz egalariga tarqatilmoqda