«Çiroqçi voqeasi» böyiça tuman içki işlar bölimining ikki xodimi qamoqqa olingan. Qaşqadaryo IIBda ötkazilgan brifingda ularga qanday ayblov e'lon qilingani ma'lum qilindi.

30 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyat içki işlar boşqarmasida Çiroqçi tuman içki işlar bölimida öğirlikda gumonlangan 32 yoşli fuqaro Yu.A. kaltaklab öldirilişi voqeasiga bağişlangan matbuot anjumani va brifing ötkazildi. 

Unda jurnalistlar va blogerlar, şuningdek marhumning qarindoşlari ham iştirok etişdi.

Brifingda sözga çiqqan içki işlar vazirligining axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov yiğilganlarga axborot berdi.

Ğiyosovning sözlariga köra, içki işlar idoralarida inson ölimi birinçi marta röy berayotgan yangilik emas. U bunday voqealar avval ham kuzatib kelingani, gumondorlar öz joniga qasd qilgan holatlar ham bölganini ta'kidlab ötdi.

Garçi, mazkur voqea yuzasidan tergov-suriştiruv işlari ketayotgan bölsa-da, ijtimoiy tarmoq va elektron naşrlarda katta şov-şuv kelib çiqqani uçun IIV tomonidan brifing ötkazişga qaror qilingan.

Qaşqadaryo viloyat prokuraturasining öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi alohida muhim işlar böyiça katta tergovçisi Ilhomjon Eşov ham sözga çiqib, tergov jarayoni haqida gapirib berdi.

Ayni paytda Çiroqçi tumani IIO FMBning xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi («Mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş») va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotgani, gumondorlardan ikki nafariga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangani, işga aloqador boşqa xodimlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani ma'lum qilindi. Tergov harakatlari davomida ularning fuqaro ölimiga aloqadorlik darajasiga oydinlik kiritilişi ta'kidlandi.

Mas'ullar tergov siri bois, tergovning barça tafsilotlarini oşkor etiş mumkin emasligiga alohida urğu berişdi.

Jurnalist va blogerlar mas'ullarga öz savollari bilan murojaat etişdi. Mas'ullar mazkur voqeaga va Qaşqadaryo IIB tizimida röy berayotgan boşqa voqealarga nisbatan ham öz javoblarini berişdi.