Bugun, 2 fevral kuni Toşkent şahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tomonidan amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan loyihalar taqdimoti bölib ötdi. Oçiliş marosimida çiqiş qilgan fond vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva söz erkinligining kuçi haqida sözladi.

«Agentlikdagi qisqa, ammo samarali faoliyatimiz bilan prezidentimiz olib borayotgan islohotlarning muhim qismi hisoblanadigan söz erkinligiga mustahkam asos yarata oldik. 

Hozir öz işining professionallarini, mass-mediadagi muammolardan xabardor bölgan jurnalistlar va blogerlarni birlaştiriş fursati keldi.

Fikrimça, mazkur fond nafaqat media sohasi uçun, balki butun fuqarolik jamiyati uçun muhim bölgan taşabbus va loyihalar uçun yaxşi maydon böladi.

Biz söz erkinligi va uning kuçiga işonamiz. Biz aynan sifatli jurnalistika jamiyatning demokratik hayoti uçun zarurligiga işonamiz.

Maqsadimiz - siz, hurmatli jurnalist va blogerlarni qöllab-quvvatlaş, toki siz odamlarning ovozi, sözi va közi böling. Bu boradagi faoliyatga oliy vazifa sifatida qarang. Şijoatli böling va heç qaçon töxtamang!», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U faoliyati davomida uni köp bor tanqidiy taqqoslaş harakatlari bölganini qayd etib ötdi.

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

«Mana, masalan, mening Otam! U toğ qişloğidagi oddiy oilada tuğilgan, hayot yölida öz mehnati va qat'iyligi bilan qiyinçiliklarni yengib ötgan, hamişa öz xalqi uçun naf keltirişga uringan. Biz şunday muhitda ösdikki, otamiz kun-u tun odamlarning hayotini yaxşilaş uçun intildi. Yakunda u öz xalqi işonçini qozonib, prezident bölib saylandi! 

Uning sobitqadamligi va mehnatkaşligiga qarab, biz bolalikdan özimizda mas'uliyat his qilib ulğaydik. 

Men davlat xizmatida işlaganimda va bugun fondda faoliyat boşlayotganimda ham köp bora meni tanqidiy taqqoslaş harakatlariga duç kelmoqdaman. Ammo hozir işontirib aytamanki, men öz mas'uliyatimni juda yaxşi his qilaman. Men otam amalga oşirayotgan islohotlarga foyda keltiriş uçun maksimal darajada harakat qilaman.