ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov Özbekiston sport vaziriga birinçi örinbosar böldi. Bugun Ermatov mamlakat sport vaziri Dilmurod Nabiyevning birinçi örinbosari sifatida taniştirilgan. Bu lavozimda hozirgaça Oybek Qosimov faoliyat olib borayotgandi.
Ravşan Ermatov parallel tarzda ÖFA vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi. Ermatov 2019 yil 14 iyundan buyon ÖFA vitse-prezidenti lavozimida işlab keladi. Ötgan yil 27 noyabrda OFKda maxsus tadbir ötkazilgan va unda Ravşan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlagani e'lon qilingandi.









