2019 yil yakunlariga köra, Moskva budjetining mehnat patentlari böyiça işlayotgan çet el fuqarolaridan daromadi 18,3 milliard rublni taşkil etdi, bu 2018 yil darajasidan 5,2 foizga köp. Bu haqda Moskva şahar meriyasining iqtisodiy siyosat va rivojlaniş departamenti matbuot xizmati xabarida aytilgan.

«Moskvada mehnat patentlari böyiça işlayotgan çet el fuqarolari 2019 yil uçun Moskva budjetiga 18,3 milliard rubl ötkazdilar, bu 2018 yilga nisbatan 5,2 foizga köp», - deya departament rahbari Denis Tixonovning sözlarini keltiradi matbuot xizmati.

2019 yilda Moskvada 463,7 ming mehnat patentlari berildi, bu 2018 yilga nisbatan 2,7 foizga köpdir. Tixonovning sözlariga köra, patentlarning yarmi Özbekiston fuqarolariga, 38 foizi Tojikiston fuqarolariga, 6 foizi Ukraina fuqarolariga, 3 foizi Ozarboyjon va Moldova fuqarolariga berilgan.

«Beş yil içida çet el fuqarolari Moskvada işlaş uçun 2 milliondan ortiq patent oldi, bu budjetning qariyb 77 milliard rubl miqdoridagi daromadini ta'minladi. Mehnat muhojirlari Moskva mehnat bozorida alohida joy egallaydi va Moskva aholisi bilan iş joyi uçun raqobatlaşmaydi, sababi ular asosan moskvaliklar uçun qiziqiş tuğdirmaydigan kasblarda işlaydi: oddiy işçi, köça tozalovçi, yuk taşuvçi. Patent olgan muhojirlarning 100 foizi köp funksiyali migratsiya markazida tibbiy körikdan ötgan va rus tili böyiça imtihon topşirgan», - deya ta'kidladi Tixonov.