Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada migrantlar uchun mehnat patentining narxi qimmatladi
2020 yilda Moskva hududida xorijiy fuqarolarning ishlash huquqi uchun patent 7 foizga qimmatladi, deya xabar beradi «Interfaks».
Tegishli tuzatish Moskva shahar dumasi tomonidan Rossiya poytaxtining soliq qonunchiligiga kiritildi.
2020 yilda xorijiy ishchilar 2019 yildagi 5000 rubl (81 dollar) o‘rniga oyiga 5350 rubl (87 dollar) to‘laydigan bo‘ldi.
O‘z navbatida, 2018 yilda hujjat narxi 4500 rubl (73 dollar)ni tashkil qilgan.
Ukraina, Moldova, Ozarboyjon, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari 2015 yildan beri Moskva hududida ishlash uchun patent oladi.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamentining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yilda xorijiy fuqarolardan patent uchun soliq ko‘rinishidagi daromaddan budjetga tushum 18 milliard rubl (292 million dollar)ga yetdi. Dekabr oyi o‘rtalariga kelib, 427 ming kishi hujjatga ega bo‘ldi.
Moskva meri Sergey Sobyaninning ishonch bildirishicha, shaharga ishlash uchun kelgan har qanday mehnat muhojiri soliq to‘lashi kerak.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026