Vazirlar Mahkamasining “Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligining Samarqand şahrida Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyini Samarqand davlat muzey-qöriqxonasining filiali sifatida taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.

Samarqand viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:

Samarqand şahri, Kökmasjid mahallasi, Hoji Abdulaziz Abdurasulov köçasi, 9-uy manzilida joylaşgan binoni Samarqand davlat muzey-qöriqxonasiga operativ boşqariş huquqi asosida bepul berişni hamda binoning kadastr hujjatlarini rasmiylaştirişni;

Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyini Samarqand şahri, Kökmasjid mahallasi, Hoji Abdulaziz Abdurasulov köçasi, 9-uy manzilida joylaşgan binoga joylaştirişni;

taşkil etilayotgan muzeyning asosiy vazifalaridan kelib çiqib, muzey töğrisida nizomni işlab çiqiş va tasdiqlaşni;

muzeyning ştatlar jadvali belgilangan tartibda işlab çiqilişi va tasdiqlanişi hamda uning malakali kadrlar bilan töldirişni;

muzeyda madaniy-ma'rifiy tadbirlar, Hoji Abdulaziz Abdurasulov boy ijodini örganiş, davra suhbatlari, ijodiy uçraşuvlar taşkil etişni;

muzeyga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalarni joriy etişni ta'minlaydi.

Madaniyat vazirligi:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzey ekspozitsiyasini muzey aşyolari bilan töldiriş çoralarini köradi;

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Samarqand viloyat hokimligi bilan birgalikda muzeyga sayyohlarni keng jalb etiş çoralarini köradi.

Belgilab qöyilişiça:

muzeyga ştat birliklarini ajratiş hamda xodimlariga iş haqi tölaş Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uçun belgilangan tartibga muvofiq;

muzeylarni saqlaş xarajatlari, uning öz daromadlari, mahalliy budjeti mablağlari va qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.