Qaşqadaryo viloyati markazida oilaviy tadbirkorlar özlari qurgan mulkka egalik qila olişmayapti. Bu haqda Qaşqadaryoda minglab işçi örinlar yaratgan tadbirkor ön aka-uka Safarovlar oilasi nomidan işonçli vakil Çori Safarov tahririyatga murojaat qildi.

Ma'lum bölişiça, Safarovlar oilasiga tegişli mulk sud qarorlariga asosan şu joyda ijarada turgan davlat uluşiga ega taşkilot Qarşi şahar — «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJga noqonuniy tarzda olib berilgan. Mulk egasi bölmiş Safarovlar esa 13 yildirki uni qayta qölga kirita olmasdan sarson bölişmoqda.

Keling, hammasiga bir boşidan oydinlik kiritamiz.

2001 yil 12 yanvarda Qarşi şahar hokimi Yu.Qarayevning qarori bilan şaharning Jayxun köçasidan «Çori-S» firmasiga (rahbari — Safarov Çori Beğamoviç) «Quriliş materiallari bozori»ni loyihalaştirib quriş uçun 3,8 gektar yer ajratiladi.

Çori Safarov öziga ajratib berilgan yerda quriliş materiallari sotişga ixtisoslaşgan bozor qurilişini boşlaydi va u töliq bitmasdan, 2001 yilning 16 iyul kuni notarius orqali akasi Erkin Safarovga №848-sonli hadya şartnomasi orqali hadya qiladi.

Erkin Safarov bozorni töliq qurib bitkazadi va quriliş materiallari sotişga möljallangan bozorni avtomobillarga ehtiyot qismlar sotiş uçun moslaştiradi. Söngra 2004 yil 15 apreldagi oldi-sotdi şartnomasiga köra, Erkin Safarov ehtiyot qismlar (quriliş materiallari) bozorini ukasi Safarov Tölqinga sotadi. 2004 yilda bozorga muddatli foydalaniş huquqi bilan kadastr hujjatlari rasmiylaştiriladi.

2004 yilda imzolangan ijara şartnomasiga köra, Qarşi şahridagi «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ Tölqin Safarovga tegişli «Anvar-Osiyo» xususiy korxonasi bilan ijara şartnomasi imzolaydi va oyiga 300 ming söm ijara haqi evaziga, Qarşi şahri Jayxun köçasida joylaşgan «Ehtiyot qismlar bozori»ning bino va inşootlaridan foydalana boşlaydi.

Şu örinda bir oydinlik: «Ixtisoslaştirilgan avtomobil bozori» MÇJ qanday taşkilot edi? U 2003 yil 2 dekabrda taşkil topgan bölib, ustav jamğarmasining 51 foizi (1 mln 387 ming 200 söm) Qarşi şahar hokimligiga tegişli, 49 foizi esa (1 mln 332 ming 800 söm) Safarov Erkin Beğamoviç tomonidan