Bugun, 14 fevral Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bağişlangan «Şoh, adib va şoir» mavzusida davra suhbati va «Boburnoma» kitobi taqdimoti bölib ötdi.

Tadbirda yiğilgan ijodkorlar, olimlar Boburning hayot yöli, uning vatanparvarligi, ijodi, komillikka undovçi asarlari, betakror şe'riyati, u ilgari surgan ğoyalarning yoş avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga egaligi haqida söz yuritişdi. «Boburnoma» asari töğrisida turli qiziqarli va tarixiy ma'lumotlar berib ötildi.

«Boburnoma» qomusiy xarakterdagi asarlardan bölib, unda ilm-fan, urf-odat, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan. Uşbu muhtaşam majmua jahon adabiyotining nodir, durdona asarlaridan  hisoblanadi.

Tadbir doirasida agentlik tasarrufidagi «Öqituvçi» naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan çop etilgan «Boburnoma» kitobi taqdimoti bölib ötdi. Bu kitobning öziga xos jihati tuşunarli tilda yozilgani ta'kidlandi.

Şuningdek, «Boburnoma» asaridan taşqari «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy naşriyotining «Ikki daho — ikki bebaho» va «Imperatorning tuğilişi» (Boburning yoşligi) kitoblari taqdimoti ham ötkazildi.