2020/2021 öquv yilidan boşlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkent davlat pedagogika universiteti va Toşkent davlat yuridik universitetida, tajriba tariqasida, masofaviy öqitiş şakli joriy etilişi mumkin.
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisidagi prezident farmoni loyihasiga köra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Adliya vazirligi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelga qadar masofaviy öqitiş şaklini amalga oşiriş tartibini belgilaş, dasturiy-apparat kompleksini yaratiş va körsatib ötilgan oliy ta'lim muassasalarini öquv jarayoniga masofaviy ta'limni joriy etiş uçun zarur bölgan uskunalar bilan jihozlaşni ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 yanvarga qadar tajriba-sinov natijalarini inobatga olgan holda Özbekistonning oliy ta'lim tizimiga masofaviy öqitiş şaklini joriy etiş töğrisidagi takliflarni öqitişning uşbu şaklini amalga kiritişning oliy ta'lim muassasalari va ta'lim yönalişlari kesimidagi grafigi bilan birgalikda kiritadi.
Avvalroq, OTMga kiriş imtihonlari soddalaştirilişi xabar berilgandi.
Xususan, umumta'lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta'lim muassasasiga kiriş imtihonlarini unifikatsiyalaştirib, yagona davlat sinovlarini ötkaziş böyiça takliflar işlab çiqiş va takliflarni keng jamoatçilik örtasida muhokama qiliş, tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini ötkaziş böyiça takliflar işlab çiqiş nazarda tutilgan.












