Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, 2020 yil 1 mayga qadar çora-tadbirlar rejasi işlab çiqiladi.
Rejada:
- tegişli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat maxsus ekspertlar guruhini taşkil etiş;
- umumta’lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasasiga kiriş imtihonlarini unifikatsiyalaştirib, yagona davlat sinovlarini ötkaziş böyiça takliflar işlab çiqiş va takliflarni keng jamoatçilik örtasida muhokama qiliş;
- tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini ötkaziş böyiça takliflar işlab çiqiş nazarda tutiladi.
Mas’ullar - Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi.
Avvalroq, Özbekistonda test sinovi topşirmay öqişga kiriş mumkin bölişi xabar qilingandi. 2020 yildan boşlab bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladigan özgariş – çet (ingliz, nemis, fransuz va şarq) tillaridan taşqari, masalan, özbek tili, rus tili, matematika va boşqa umumta’lim fanlaridan ham sertifikat berilişi joriy etilişi mumkin.
Öz navbatida, oliy va örta-maxsus ta’lim vaziri Inom Majidovning ma’lum qilişiça, oliy öquv yurtiga işga qabul qilinayotgan professor-öqituvçilarni tanlab oliş mexanizmlari takomillaştirilib, nomzodlarga qöyiladigan talablar kuçaytiriladi.
Şuningdek, Inomjon Majidov OTMda öqitilayotgan nomutaxassislik fanlari qisqartirilişi masalasiga munosabat bildirdi.












