Sönggi kuzatuvlarga köra, yurtimiz iqtisodiyoti rivojlanişning yangi bosqiçiga kirdi. Davlatimiz va hukumatimiz sa'y-harakatlari natijasida köplab sohalar – ta'lim, sport, quriliş, tibbiyot, sanoat, energetika, neft-kimyo va yana boşqa sohalarda oldinga intiliş tez suratlar bilan bormoqda.

Xususan, işlab çiqariş sohasidagi yutuqlar, zavod va fabrikalarning barpo etilişi, mamlakatimiz aholisini iş bilan ta'minlabgina qolmay, yalpi içki mahsulot uluşining oşişida va eksport örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarib, iqtisodiyotimizni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Özbekistonda işlab çiqarilgan milliy brendlar özining sifatli va hamyonbopligi bilan mijozlar e'tiborini va mehrini qozonib kelmoqda. 2014 yilda asos solingan va 2018 yil işga tuşirilgan, Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida joylaşgan, Örta Osiyoda yagona bölgan «Birinçi rezinotexnika zavodi»da işlab çiqariluvçi «BARS tires» brendi ostidagi avtomobil şinalari ham şular jumlasidandir. Bu zavodda Germaniya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya va Xitoy davlatlaridan olib kelingan yuqori texnologiyali qurilmalardan foydalaniladi.

Xorijda malakasini oşirib kelgan özbek yigit va qizlari tomonidan Janubiy Koreya, Singapur, Indoneziya davlatlaridan keltirilgan xom-aşyo bilan, sifatli mahsulotlar işlab çiqarilmokda. Zavodda çiqarilgan avtomobil şinalari jahon standartlariga mos ravişda çidamliligi, yumşoqligi, dizayni va boşqa texnik parametrlari tufayli xalqaro sertifikatlarga ham egadir.

Bugungi kunda köplab rivojlangan davlatlar, xususan, AQŞ, Janubiy Koreya, Yaponiya va yana boşqa ğarb mamlakatlari aholisi rivojlanişining ilk bosqiçlarida ilm-fan, ta'lim, işlab çiqariş sohalarini özlaştirib yoki sohasining eng zör mutaxassisi bölibgina qolmay, davlat iqtisodiyotini rivojlantirişda, işlab çiqarişni kengaytiriş va şu mamlakatda işlab çiqarilgan mahsulotni sotib oliş bilan öz davlati iqtisodiyoti ösişida katta poydevor bölib xizmat qilişgan. Hozirda Özbekistonda ham milliy brendlar – ya'ni, Özbekistonda işlab çiqarilgan (MADE IN UZBEKISTAN) tamğasi ostida çiqayotgan mahsulotlar nafaqat Özbekistonda, balki çet ellarda ham ommalaşib bormoqda.