Bu yil Özbekiston avtosanoati yangi şina yetkazib beruvçisini tanladi. Mart oyida "Damas" avtomobillari sifatli va çidamli "Bars" şinalariga ötdi, tez orada "Chevrolet Tracker" va "Onix" ham ötişi kutilmoqda. Bozorga nuqsonli mahsulot çiqişini istisno qiliş maqsadida har bir şina ikki karra — operator va maxsus jihoz tomonidan tekşiriladi.

Angrendagi “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” şina zavodi Özbekiston avtoişlab çiqaruvçilarining birlamçi komplektatsiyasi uçun şinalar yetkazib beruvçi böldi. Buning uçun u omologatsiya ötkazdi, mahsulotni muayyan avtomobil modellariga moslaştirdi. Global talablarga muvofiqligini AQŞ, Janubiy Koreya, Braziliya, Xitoy poligonlaridagi sinovlar tasdiqladi.
2024 yil oxiriga qadar “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillarini “Bars” şinalari bilan komplektatsiyalaşga kirişişni rejalaştirgan. Bu mahalliy avtosanoatning import butlovçi qismlarga boğliqligini qisqartiriş va yangi iş örinlari yaratiş imkonini beradi.

“Bars” şinalari ajoyib xarakteristikalarga ega. Protektor dizayni tufayli ular yuqori tezliklarda yuksak barqarorlikni va avtomobilning boşqaruvçanligini ta’minlaydi, şuningdek şinaning yöl bilan tişlaşişi yöqoladigan “akvaparvoz” effektini kamaytiradi”,- deya, qayd etdi “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” boş direktori Gulomjon Inomoviç Ibragimov.
Zavodning işlab çiqariş quvvati yiliga 3 mln dona avtomobil şinasi, 100 ming pogonometr konveyer tasmasiga teng. “Birinchi Rezinotexnika Zavodi”da işlab çiqarişning töliq sikli – rezina aralaşmani yaratişdan to tayyor mahsulotni çiqariş va sifat nazoratigaça yölga qöyilgan.
Zavod jahon yetakçilaridan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, jumladan rezina aralaşmalarni tayyorlaş bosqiçida KOBE STEEL (Yaponiya) jihozlari, komponentlar tayyorlaş bosqiçida Comerio Ercole (Italiya) va Fischer (Germaniya) kompaniyalarining, yiğuv bosqiçida VMI (Niderlandiya) va LingLong (XXR), sifat nazorati bosqiçida KOBE STEEL (Yaponiya) va Yxlon (Germaniya) kompaniyalar jihozlaridan foydalaniladi.









