Toşkent viloyati Angren EIZda barpo etilayotgan şina zavodi işga tuşişi bilan unda «Bars» brendi ostida 21 ölçamdagi avtomobil şinalari işlab çiqariş yölga qöyiladi. Zavodda yiliga 3 mln donagaça turli ölçamdagi avtoşinalar işlab çiqariş mumkin böladi. Ularning 2 mln donasi GM Uzbekistan qöşma korxonasiga yetkazib beriladi. 

Bu ma'lumot davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning Angrenga taşrifi çoğida konveyer tasmalari, qişloq xöjaligi texnikalari v avtomobillar uçun şinalar işlab çiqarişga möljallangan zavod bilan taşinuvi çoğida e'lon qilindi. 

Konveyyer tasmalari va şinalar sanoat, qişloq xöjaligi, odamlar hayotida talab katta bölgan mahsulotdir. Hozirda bu turdagi mahsulotlarning barçasi xorijdan import qilinadi. Bu zavod qurilişi şu kabi mahsulotlarni import qilişga barham beriş barobarida eksportdan foyda oliş imkonini beradi. 

“Bu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uçun juda muhim ahamiyatga ega, - dedi Şavkat Mirziyoyev. Bu yerda xalqaro standartlarga töla mos keladigan keng turdagi yuqori sifatli mahsulotlar işlab çiqariladi. Bu yerda işlaydiganlar ham barqaror daromad ola boşlaydi”. 

Korxona, şuningdek, yiliga 140 ming tirkama va 60 ming dona traktor şinalarini ham işlab çiqaradi. Bundan taşqari, ikki turdagi konveyer tasmalari işlab çiqariladi. Içki bozor talabini ta'minlaşdan taşqari, yiliga 60 mln dollarlik mahsulotni eksport qiliş rejalaştirilgan.