15 fevral kuni saytda Andijon viloyati Xonobod şahrida faoliyat yuritib kelayotgan oğir atletika zalining şahar hokimligi tomonidan olib qöyilgani haqida «Xonobod hokimi olimpiya çempioni şuğullangan 50 yillik oğir atletika zalini yana yopdi» sarlavhali tahliliy-tanqidiy material e'lon qilingan edi.
Kun.uz’ga ma'lum qilinişiça, Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov taşabbusi bilan muammo örganilib, bartaraf etildi. Ayni paytda mazkur zal Xonobod şahar hokimligi tomonidan ta'mirlanib, yoşlarni oğir atletika bilan şuğullanişlari uçun barça şaroitlar yaratilmoqda.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Andijon viloyat hududiy boşqarmasi ham bu haqda ma'lumot taqdim qildi.
Unda viloyat hokimligi taşabbusi bilan hududiy boşqarma huzuridagi viloyat Ijara markazi tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda «Nol» stavkada uç tomonlama şartnoma imzolangani haqida aytiladi. Hujjatga köra, oğir atletika murabbiyi B. Hamidov öz tarbiyalanuvçilari bilan madaniyat bölimi binosida 25 fevraldan qonuniy tarzda faoliyat yuritişni boşlaşi qayd etilgan.
Elmurod Ermatov, Andijon











