Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boşqarmasi «INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi» MÇJ rahbari Ş.A. va boşqalar Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilayotgani haqida xabar berdi.
Mazkur xabar Kun.uz saytida va saytning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilingandan söng respublikaning turli hududlaridan, xususan, Toşkent şahri va viloyati, Farğona, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridan tahririyatga köplab murojaatlar yöllanmoqda.
Murojaatlardan körinişiça, köplab fuqarolar aynan uşbu xususiy bandlik agentligiga çet davlatga işga yuboriş uçun turli miqdorlarda pul tölaşgan. Ayrim fuqarolarning tölovni amalga oşirganiga töqqiz oydan oşiqroq vaqt ötgan.
Fuqarolarni taşvişga solayotgan yana bir sabab mazkur bandlik agentligining telegram tarmoğidagi kanalida öz mijozlariga yöllagan bayonoti bölgan:
«Tasdiqlanmagan ma'lumotlar asosida hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari tomonidan taqdim etilayotgan ma'lumotlar öz isbotini topgani yöq. Tez orada uşbu ma'lumotlarning notöğriligi tasdiqlanadi».
Tahririyatga murojaat yöllagan fuqarlarni tergovni qaysi organ olib borayotgani, ularga yetkazilgan zarar qanday tartibda undirilişi, şuningdek bu masalada qaysi organga murojaat qiliş kerakligi haqidagi savollar qiziqtirmoqda.
Kun.uz tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda mazkur savollarga tez orada aniqlik kiritişga harakat qiladi.
Eslatib ötamiz, Boş prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga köra, «INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslari 2019 yil davomida fuqarolarning işonçini suiiste'mol qilib, Daniya va Şveytsariya davlatlariga işga yuboriş vaji bilan ularning har biridan (61 nafar) 45 mln sömdan jami 2,6 mlrd sömni jamiyatning bank hisob raqamiga ötkazdirib, ularni işga yubormasdan, fuqarolarning manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazişgan.
Bundan taşqari, jamiyatga aloqador şaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga işga yuboriş vaji bilan 4 nafar fuqaroning 16 500 AQŞ dollari hamda 125 mln söm pulini firibgarlik yöli bilan qölga kiritişib, özlarining şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborişgani aniqlangan.












