Omonullo Zabihullayeviç Nasriddinxöjayev Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu ma'lumot Kun.uz manbasi tomonidan tasdiqlandi.
Omonullo Nasriddinxöjayev şu vaqtgaça prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş, investitsiyalar va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
U 1971 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti oliy. 1994 yilda Toşkent Davlat universitetini, 2002 yilda Italiyadagi «SDA Bocconi» menejment maktabini tamomlagan, şuningdek, 2016 yilda Harvard Biznes maktabi ilğor menejment dasturini tamomlagan. U turli yillarda Alişer Usmonov boşqaruvidagi USM Holdings tarkibidagi kompaniyalarda faoliyat körsatgan.
Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni Moliya vazirligining sobiq rahbari Jamşid Qöçqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga ötkazilgan, vazirlik rahbarligiga şu vaqtgaça vazirning birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgan Timur Işmetov tayinlangandi.









