Suriyaning Idlib provinsiyasida jiddiy eskalatsiya yuzaga kelgan: payşanba kuni keçqurungi havo hujumi oqibatida Turkiya armiyasining kamida 33 nafar harbiy xizmatçisi halok böldi. Turkiya tomoni havo zarbalari «Suriya rejimi» harbiy-havo kuçlari tomonidan yöllanganini ma'lum qilgan. Suriyaning boş ittifoqçisi Rossiya hujum nişoniga tuşib qolgan turkiyalik harbiylar «terrorçilar orasida bölgani»ni ma'lum qilgan. Turkiya buni inkor etgan.
Turkiya armiyasi Suriyada yana yöqotişga uçradi va javob zarbasi yölladi
28 fevralga ötar keçasi Suriya armiyasi Jyebel-az-Zaviya hududidagi turk harbiylariga zarba yölladi. Keyinroq uşbu havo zarbalari oqibatida turkiyalik 33 nafar harbiy xizmatçi halok bölgani va 36 kişi jarohatlangani ma'lum böldi. Bu hujumga javoban Turkiya Suriya armiyasi pozitsiyalarini öqqa tutdi. Xususan, turk harbiylari Suriya hukumatining Idlib şarqida turgan harbiy konvoyini yöq qilgani ma'lum qilindi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'muriyatidagilar javob zarbalari yöllaşda davom etilişini bildirişdi. Mamlakat vitse-prezidenti Fuat Öktoy Anqara Suriya prezidenti Başar Asaddan harbiylar ölimi uçun qasos olişi va bu suriyaliklarga juda qimmatga tuşişini bildirdi. Öktoy suriyaliklar prezidentini terrorçi davlat rahbari deb atadi va Asad jahon tarixiga harbiy jinoyatçi sifatida kirişini aytdi.
Avvalroq fevral oyida Erdöğan ham Turkiya bu hududni Asadga berib qöymasligi va Idlibni turklar uçun ham, Suriya xalqi uçun ham xavfsiz hududga aylantirmoqçiligini ma'lum qilgandi. U Suriya armiyasi harbiy harakatlari oqibatida halok bölgan turk askarlari uçun qasos olinişiga va'da bergandi.
Foto: Reuters
Rossiya bu hujumni jangarilar bilan boğladi
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Suriya armiyasi 27 fevral kuni keçasi Idlibda Rossiya Harbiy-kosmik kuçlari samolyotlari iştirokisiz «Hayot Tahrir aş-Şom» («Jabhat an-Nusra» örnida taşkil etilgan) guruhiga hujum qilgani, bu guruh butun front böylab hujumga uçraganida qarşi zarba bilan kutib olinganini ma'lum qilgan. Turk harbiylari Bexun aholi punkti yaqinida öqqa uçragan.
Vazirlik Suriyadagi duşman tomonlarni yaraştiriş markazi Anqaradan doimiy ravişda Turkiya harbiylarining Idlibdagi joylaşuvi böyiça ma'lumotlarni sörab turganini ma'lum qilgan. «Berilgan koordinatalarga köra, Bexun punktida turkiyalik harbiylar bölmasligi kerak edi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Bu xabarlar ortidan Rossiyaning Qora dengizdagi flotining «Kalibr-NK» qanotli raketalari bilan qurollangan ikki fregati Örta Yer dengizi tomon harakatlana boşladi. «Admiral Makarov» va «Admiral Grigoroviç» kemalari bir vaqtda Turkiya qirğoqlari yaqinidan Bosfor va Dardanell böğozlarini keçib ötdi. Sevastopoldan çiqqan bu kemalar Örta Yer dengizidagi Harbiy-dengiz flotiga borib qöşilişi rejalaştirilgan.
Turkiya Bosforni yopiş va qoçqinlar uçun Yevropani oçiş bilan tahdid qildi
Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Oqarning aytişiça, hududdagi harakatlar Rossiya bilan muvofiqlikda olib borilsa-da turklarning Idlibdagi pozitsiyalariga zarbalar berilayotganini ma'lum qilgan. U Anqara tomoni turk harbiylarining joylaşişi böyiça ma'lumotlarni oldindan bergan, lekin suriyalik harbiylar qurolli muxolifat bölmagan hududga - turklar joylaşgan pozitsiyalarga zarba yöllagan. «Hatto tez yordam maşinalariga zarbalar berilgan», — degan u.
Vazir turklarning Suriya harbiylari pozitsiyalariga berilgan javob zarbalari oqibatida «Buk» va «Pansir» komplekslari, 23ta tank, şunça harbiy texnika va 5ta vertolyot yöq qilinganini ma'lum qilgan. Şuningdek, uning aytişiça, Başar Asad armiyasining 309 harbiysi yöq qilingan, turk harbiylari uçun qasos olinişi davom etadi.
Turkiyalik jurnalist Hoqon Çelik esa Idlibdagi vaziyat keskinlaşişi fonida Turkiya Bosfor böğozini Rossiya harbiy-dengiz kuçlari kemalari uçun tösib qöyişi mumkinligi haqida xabar berdi. Uning sözlariga köra, Anqara agar Rossiya Suriyada Turkiyaga qarşi harakatlar amalga oşirsa, böğoz yopib qöyilişi aniq. Şuningdek, jurnalist Turkiya öz havo kengliklarini Rossiya aviatsiyasi uçun yopişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Bundan taşqari, turkiyalik amaldorlardan biri Turkiya endi suriyalik qoçqinlarni Yevropa hududiga ötkazib yuborişi mumkinligi haqida gapirgan. Uning sözlariga köra, hukumat endi bundan keyin Idlibdan kelayotgan qoçqinlarning mamlakat böylab harakatlanib, Yevropaga yöl olişiga tösqinlik qilmaydi. Politsiyaçilar va çegaraçilarga ularga qarşilik qilmaslik böyiça körsatma berilgan. Avvalroq Erdöğan bir neça marta agar Yevropa Turkiyaga yordam bermasa, qoçqinlar uçun Yevropa eşiklarini oçib yuborişi mumkinligi bilan tahdid qilgandi.
Erdöğanning maslahatçisi, xavfsizlik va taşqi siyosat böyiça prezident qömitasi a'zosi Mesut Haqqi esa Turkiya Rossiya bilan uruşga tayyorligini ma'lum qildi.
«Biz ular bilan oğa-inimiz [suriyaliklar] . Biz aka ukani öldirmasligi uçun şu yerdamiz. Ötmişda biz Rossiya bilan 16 marta jang qilganmiz, buni yana qilişimiz mumkin», dedi u.
NATO kengaşi Turkiya sörovi bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg 28 fevral kuni taşkilotda şoşilinç yiğiliş çaqirilganini ma'lum qildi. Unda Suriyadagi vaziyat muhokama qilingan. Anqara Şimoliy Atlantika kelişuvining 4-moddasiga binoan şunday uçraşuv ötkaziş taşabbusini bildirgan. Bu moddaga köra, taşkilot a'zolaridan birining hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki milliy xavfsizligi xavf ostida bölsa şartnoma iştirokçilari özaro maslahatlaşişi közda tutilgan.
Bungaça Stoltenberg Suriya Harbiy-havo kuçlarini va ularni qöllayotgan Rossiya Harbiy-kosmik kuçlarini Idlibdagi hujumlar uçun qoralab çiqqandi. U ziddiyatning barça iştirokçilarini vaziyatni keskinlaştirmaslikka çaqirib, Damaşq va Moskva «xalqaro huquqni hurmat qilgan holda hujum qilişni töxtatişi kerakligi»ni bildirgandi.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham Idlibdagi vaziyatga e'tibor qaratib, tomonlarni zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqirgan.
Sönggi oylarda mintaqada vaziyat keskinlaşa boşlagaç, ziddiyatning ikki tomonida turgan ikki yirik davlat muzokaralarning bir neça raundini ötkazişdi. Fevral oyining ikkinçi qismida bölib ötgan sönggi muzokaralardan keyin Erdöğan Turkiya Rossiya bilan Idlib böyiça muzokaralardan qoniqiş hosil qilmayotganini aytgan, Kremldagilar esa vaziyatni xavotirli deb atab, Suriya armiyasiga nisbatan agressiv harakatlar kuçayib borayotganini qayd etişgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa rus-turk munosabatlarining salbiy ssenariysidan qoçişga çaqirgandi.
Juma kuni, Idlibdagi navbatdagi qon tökilişidan keyin rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin va turklar prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan telefon orqali muloqot qilib, vaziyatdan xavotirlarini bildirişdi.
Kreml matbuot xizmati xabar qilişiça, turklar tomoni taşabbusi bilan taşkillaştirilgan muloqotda ikki tomon ham Suriya şimoli-ğarbidagi vaziyatni normallaştiriş uçun qöşimça çoralar köriş kerakligini aytişgan va bu mavzuni yaqin vaqtlar içida yuzma-yuz muhokama qiliş böyiça kelişib olişgan.
Idlibdagi vaziyat yanvarda keskinlaşa boşlagan
Rossiya va Turkiya örtasidagi Idlibni harbiy harakatlardan xoli hudud qiliş haqidagi kelişuvga qaramay joriy yil boşida Suriya armiyasi uşbu hududga yuriş boşladi. Damaşq bu hududdagi qurolli muxolifatni terrorçilar deb hisoblaydi. Hujumlar fevral oyiga kelib faollaşdi, bu orada Suriya şimolidagi ittifoqçilarini qöllaş uçun Turkiya minglab harbiylarini Idlibdagi kuzatuv postlarini mustahkamlaş uçun yölladi. Suriya hukumati qöşini esa Idlibdagi deeskalatsiya hududining qariyb yarmini egallab oldi va turklarning kuzatuv postlarini örab oldi.
Foto: Murad Sezer / Reuters
Suriya hukumatining bu harakatlari Anqaradagilarni asabiylaştirdi. Bundan taşqari, fevral oyi davomida turklarning pozitsiyalari bir neça marta suriyaliklar tomonidan öqqa tutildi va jami 20ga yaqin turk askari halok böldi. Anqara ham dam-badam javob qaytarib turdi. Erdöğan turk harbiylariga nisbatan yangi agressiya boşlangudek bölsa, Suriya armiyasiga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşlanişini, Asad kuçlari pozitsiyalari töla bombardimon qilinib, Idlib osmonida uçadigan har qanday jism yöq qilinişini bildirdi.
Fevral oyining ikkinçi qismida Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Suriya muxolifati Suriya armiyasiga qarşi hujum boşladi. Ular bir neça kun oldin Nayrab şahrini egallaşgan, 27 fevral kuni esa mamlakatdagi asosiy trassalar - M4 va M5 avtomobil yöllari kesişmasida joylaşgan Sarakib şahrini qaytarib olgani haqida xabarlar paydo bölgandi. Şu xabarlar ortidan Turkiya harbiylari hujumga uçradi va 33 turk askari qurbon böldi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi