AQŞ prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Mayk Blumberg uni past böyi uçun mazax qilayotgan AQŞ prezidenti Donald Trampga tanbeh berdi. Blumbergning ta'kidlaşiça, asosiysi – yelkadagi boşdir.
“Donald Tramp keça meni past böyli deb aytdi. Men esa unga şunday deyman: “Donald, men ulğaygan joylarda biz odamlarni böynidan yuqoriga qarab ölçaymiz”, deb aytgan Blumberg tarafdorlari oldidagi nutqida.
Tramp tvitter orqali Blumbergni “mini-Mayk” deb mazax qiladi. Hattoki bir marta uni “5 fut va 4 dyuymli ölik energiya” deb ham atagan. Aslida milliarderning böyi 5 fut 8 dyuymni yoki 173 smni taşkil qiladi. Trampning böyi esa 190 smga yetadi.












