Bugun, 5 mart kuni Oliy sud binosida 10 nafar mahkuma ayolning nazorat tartibida bergan şikoyatlari körib çiqilib, qanoatlantirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Oliy sud raisining örinbosari Ikrom Muslimov raisligida bölib ötgan oçiq sud majlisida Boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqova, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova va mahkumalarning yaqinlari qatnaşişdi.

Boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqova ayollarning nima sababdan bu jinoyatga kiriş sabablari haqida töxtaldi.
«Bugun asosan geroin savdosi bilan şuğullangan ayollar kafillik asosida muddatidan oldin ozod etildi. Ular bu jinoyatni bir neça marta sodir etişgan.
Bunga turli faktorlar sababçi. Oila, yaşaş muhiti, jamiyat, mahalla-köy ta'sir ötkazadi. Jumladan, tarbiya, huquqiy bilim, qonunlarning liberalligi ham katta rol öynaydi.
Oliy sudga şikoyat arizasi bilan murojaat qilgan mahkumalar işini körib çiqiş – murakkab jarayon. Unda yoşi, oilaviy şaroiti, koloniyadagi xulqi, hatto farzandlari soni ham hisobga olindi.

Mahkumalarning özlari bilan individual suhbatlar olib borildi, koloniyadan çiqqandan keyin amalga oşiradigan rejalari haqida söraldi. Şuningdek, koloniya xodimlari, doimiy yaşaş manzilidagi mahalla faollaridan ham xulosalar olinadi.
Nima sababdan aynan geroin savdosi bilan şuğullangan mahkumalar ozod etildi? Boşqa turdagi jinoyat turlarini sodir etgan mahkumalarning şikoyatlari inobatga olinmaydimi? Geroin savdosi masalasi Jinoyat kodeksi 273-moddasining 5-qismi bilan qamrab olinib, öta oğir jinoyat turkumiga kiradi va JKning ba'zi moddalarini bu toifadagi mahkumalarga nisbatan qöllab bölmaydi. Oliy sud sudlov hay'ati öz vakolatidan foydalanib, JKning ba'zi moddalarini qöllagan holda, mahkumani jazo muddatini ötagan, degan qarorga keladi», – dedi Svetlana Ortiqova.

Ma'lumot uçun, kafillik asosida mahkumalarni muddatidan oldin ozod etiş amaliyoti 2018 yil 20 iyulda Oliy sud va sobiq Xotin-qizlar qömitasi örtasida imzolangan memorandum asosida boşlandi.








