6 mart kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston tennis federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylaş kun tartibidagi asosiy masala edi, deb xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.
«Konferensiyani Özbekiston tennis federatsiyasi boş kotibi, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti Iroda Tölaganova olib bordi va dastlab federatsiya faoliyatidagi yangiliklar, yutuq va kamçiliklar haqida hisobotni öqib eşittirdi.
Şundan söng federatsiyaning yangi rahbarligiga Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boşqaruv raisi Alişer Kudratullayeviç Mirsoatov nomzodi ilgari surildi.
Konferensiya iştirokçilari nomzodni bir ovozdan ma’qullaşdi va Alişer Mirsoatov Özbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi deb e’lon qilindi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Şundan söng sözga çiqqan MOQ prezidenti Rustam Şoabdurahmonov va Özbekiston sport faxriylari kengaşi raisi Komiljon Xudoyberganov nomzod haqida öz fikrlarini bildirib, yangi rahbarning faoliyatida omad tilagan.
«Federatsiyani uzoq yillar davomida boşqarib kelgan Rustam Inoyatovga ham alohida minnatdorçilik izhor etaman. Aynan şu kişining boşqaruvida tennis federatsiyasida iş darhaqiqat professional tarzda yölga qöyildi», – degan Rustam Şoabdurahmonov.

U Rustam Rasuleviçni federatsiyaning faxriy prezidenti etib saylaş taklifini kiritgan va taklif konferensiya iştirokçilari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
Ma’lumot uçun, Rustam Inoyatov 1999 yildan buyon Özbekiston tennis federatsiyasi raisi edi. 2018-2019 yillarda senator sifatida ham faoliyat olib borgan Inoyatov ayni paytda Özbekiston Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlaş va huquqni muhofaza qiliş faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi sanaladi.
Federatsiyaning yangi raisi Alişer Mirsoatov avvalgi rahbariyat professional iş olib borganini ta’kidlagan.
«Tennis mening eng sevimli sport turlarimdan biri. Avvalgi rahbariyat professional iş olib bordi. Endi mendan 2-3 barobar samarali işlaş talab etiladi. Bu jamoa bilan bor kuç-ğayratimni berib işlaşga va’da beraman»












