Abdulla Afğoniston prezidenti saylovlaridagi ğalabasini tan olmagan Aşraf Ğanini “sobiq prezident” deb atagan va uni yangi hukumatda birgalikda işlaşga çaqirgan.
Öz navbatida Ğani öz farmoni bilan Afğoniston ijro kengaşi va boş vazir lavozimini tugatib, bu tuzilma boşqa yöqligini ma'lum qilgan.
Avvalgi saylovlarda 2019 yildagi saylovlardagi kabi Ğanining prezident lavozimi uçun asosiy raqibi Abdulla Abdulla bölgan. Öşanda Ğani saylovlarning 2-turida ğolib deb e'lon qilingan va bu turli munosabatni keltirib çiqargan.
Şu sababli mamlakatda noroziliklar bölib ötgan va siyosiy inqirozni hal qiliş maqsadida milliy birdamlik hukumati taşkil etilgan. Aşraf Ğani prezident lavozimini, Abdulla Abdulla esa maxsus taşkil etilgan ijro hokimiyati rahbari lavozimini egallagan.
Ayni vaqtda esa Afğonistonda siyosiy vaziyat öta keskin tus olgan va ta'kidlanişiça, kiçik bir xato ham siyosiy guruhlar örtasidagi qonli töqnaşuvlar boşlanişiga olib kelişi mumkin.








