«Bizda yetarli miqdorda dori vositalar zaxirasi bor. Şu kasallikka qarşi kuraşuvçi xodimlar uçun himoya vositalari yetarli darajada. Va eng muhimi, yetarli darajada asbob-uskunalarni xarid qilib, zaxirasini tayyorlaşga ulgurganmiz», – dedi Aripov 15 mart kuni Vazirlar Mahkamasida bölib ötgan brifingda.
«Özbekiston 24» telekanalida jonli efirda çiqiş qilgan Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov ehtimoliy xatarga «barça viloyatlar tayyor» ekanini bildirdi.
Vazirning aytişiça, Sanitariya-osoyiştalik agentligining hududiy boşqarmalari xodimlari tegişli tayyorgarlikdan ötkazilgan.

«Xodimlar epidemiya va profilaktika holatlarida qanday yöl tutiş kerakligini bilişadi», – dedi Şodmonov.
Uning qöşimça qilişiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti vakillari iştirokida treninglar taşkil etilgan.
«Bundan taşqari, joylarda dori va dezinfeksiya vositalari zaxiralari yaratilgan», – dedi Soğliqni saqlaş vaziri.
Eslatib ötamiz, 11 mart kuni Fransiyadan Toşkentga qaytgan özbekistonlik ayolda koronavirus borligi 15 mart kuni aniqlandi.
Respublikadagi barça ta'lim muassasalarida 2-3 haftalik ta'til e'lon qilindi, çegaralar yopilmoqda.













