Özbekistonda koronavirus bilan zararlangan ilk bemor aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi ma'lumot berdi.

«Joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bölib qaytgan 1 nafar Özbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Hozirda epidemiologik suriştiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uçun profilaktik çora-tadbirlar töliq amalga oşirilmoqda», deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi xabarida.

Uşbu holat yuzasidan qöşimça ma'lumot taqdim etilişi ma'lum qilingan.

Ma'lumotlarga köra, bemor ayol kişi bölib, u 11 mart kuni «Parij-Toşkent» reysi orqali uçib kelgan. Öşa kungi reysda jami 48 yölovçi va ekipajning 9 a'zosi Özbekistonga kelgan. Yölovçilarning 24 nafari tranzit yölovçilar bölgan, jumladan, Fransiyaning 4 nafar, Italiya va Braziliyaning bir nafardan fuqarosi uşbu reysda uçişgan.

Bemorning oila a'zolari va safardan qaytganidan keyin u bilan aloqada bölganlar alohida nazoratga olingan.

Eslatib ötamiz, kasallik oldini oliş uçun har bir fuqaro quyidagi tavsiyalarga amal qilişi kerak:

  • avvalo çet elga borişni rejalaştirişda dunyodagi epidemik vaziyat böyiça töliq ma'lumotlardan xabardor böling!
  • zarurat bölmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda iştirok etişdan imkon qadar çeklaning!
  • qöllarni tez-tez, yaxşilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovçi vositalardan foydalaning!
  • farazandlaringizning qöl yuvişini doimiy nazoratga oling!
  • yuz-közingizni notoza qöl bilan uşlamang!
  • uy hayvonlarini boqişda, asraşda gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qiling!