Maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin ma'lum qilişiça, vazirlik tomonidan respublika komissiyasi topşiriği hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatovning rasmiy murojaatiga asoslangan holda respublikadagi karantin böyiça kerakli çoralar körildi.

«Maktabgaça ta'lim taşkilotlari xodimlari 18 mart sanasidan boşlab haq tölanadigan mehnat ta'tiliga çiqişadi. MTMda faqat mudir, farroş, hamşira, qorovul, metodist, xöjalik işlariga mas'ul şaxs qoladi», dedi Agrippina Şin karantin tufayli maktabgaça talim tizimida körilayotgan çoralar xususidagi brifingda.

Vazirning ma'lum qilişiça, barça maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyati karantin tufayli 16 mart sanasidan boşlab töxtatilgan.

«MTTlarda karantin 31 martga qadar davom etişi belgilangan. Bu muddat respublika komissiyasining topşiriğiga asosan özgarişi mumkin», deya qöişmça qildi Agrippina Şin.

Ayni vaqtda tuman sanitariya-epidemiologiya markazlari tomonidan barça MTTlarda tölaqonli dezinfeksiya işlari amalga oşirilgan.

Brifingda ma'lum qilinişiça, koronavirus tarqalişini profilaktika qiliş maqsadida barça maktabgaça ta'lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari tibbiy hamşiralar tomonidan kunlik patronaj nazorati ostiga olinadi. Patronaj natijalari haqidagi ma'lumotlar tuman/şahar maktabgaça ta'lim bölimiga yetkaziladi.

Ta'til kunlarida ota-onalar bilan doimiy aloqada bölib, MTT tarbiyalanuvçilarining jamoat joylariga borişlarini çeklaş böyiça tuşuntiriş işlari olib boriladi.

«Tarbiyalanuvçilar orasida koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan holat aniqlanganda, bu haqida tezkor ma'lumot hududiy bölinmalarda taşkil etilgan ştablar orqali Maktabgaça ta'lim vazirligining ştabiga yuboriladi», deyiladi brifing bayonotida.