Özbekiston Respublikasi boş davlat sanitariya vraçining 2020 yil 17 mart kuni “COVID-19 koronavirus infeksiyasining respublika hududida tarqalişini oldini oliş, kasallikni töğri taşxislaş va davolaş jarayonida profilaktik çeklov tadbirlarini joriy etiş töğrisida” 5-sonli qarori qabul qilindi.
Uşbu Qarorga muvofiq, 2020 yil 17 martdan boşlab quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- barça davolaş-profilaktika muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi böyiça çeklov örnatiladi;
- bemorlarni körgani kelgan va boşqa begona şaxslarni davolaş-profilaktika muassasalariga kirişi, bemorlarni taşxisot-davolaş işlariga boğliq bölmagan şaxslar bilan töğridan-töğri muloqot qilişlari taqiqlanadi;
- davolaş-profilaktika muassasalariga kelayotgan bemorlarni tana haroratini ölçaş, epidemiologik suriştiruv va koronavirus belgilariga tekşirib filtrdan ötkaziş taşkil etiladi;
- davolaş-profilaktika muassasalariga kiriş va çiqişni qat'iy tartib asosida amalga oşirilişi va içki işlar boşqarmalarini jalb etgan holda muassasani perimetri böylab kunu-tun qöriqlanişi joriy etiladi;
- Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi huzuridagi virusologiya laboratoriyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlillarini ötkaziş milliy referens laboratoriyasi deb belgilanadi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy SEOM virusologiya laboratoriyalarida ötkazilgan tahlillar musbat natija bergan hollarda milliy referens laboratoriyasida qayta tekşiruvdan ötkazilib, uning natijasiga asosan yakuniy taşxis qöyiş amaliyoti joriy etiladi;
- bemor va uning oila a'zolari, bemor bilan muloqotda bölganlarning şaxsiy ma'lumotlari sir saqlanişi böyiça qat'iy nazorat örnatiladi;
- epidemik vaziyat noxuş bölgan hududlardan kelgan şaxslar hamda ular bilan muloqotda bölganlarni kasallikka laboratoriyada tekşiriş uçun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlarida kiriş-çiqiş tartibi bölgan alohida maxsus namuna oliş va kutiş xonalari taşkil etiladi, bunda, tahlil natijasi çiqqunga qadar bemorlarni yuz niqobini taqqan holda kutib turişlari joriy etiladi.
Bundan oldin, koronavirusga tekşiruvdan ötiş tartibi ma'lum qilingandi.








