Kun.uz tahririyatiga qibraylik fuqarodan murojaat kelib tuşdi. Ma'lum bölişiça, fuqaro jismoniy imkoniyati çeklangani sababli OLX.UZ sayti orqali uyini ta'mirlatiş uçun usta topgan. Bajariladigan iş va uning haqini kelişib, ustaboşiga katta summadagi pulni bergan. Biroq kelişilgan iş töliq bajarilmagan, pul ham qaytarilmagan. Ustaboşi esa olgan pullari bilan bedarak ketganiça qaytib qorasini körsatmagan.
Bu hikoyamizda fuqaro va uni aldab ketgan «usta»lar böyiça vaziyatga töxtalmoqçi emasmiz. Biz qalamga oladigan masala Qibray tuman IIB ayrim xodimlarning öz vazifalariga bee'tiborligi va inson taqdiriga befarqligi haqida böladi.
Xullas, puliga kuyib qolgan fuqaro joriy yilning 12 fevralida Qibray tuman IIB boşliği nomiga poçta orqali yozma ravişda şikoyat yöllaydi. Biroq, oradan bir oydan köproq vaqt ötgan bölişiga qaramay, uning murojaati böyiça biror kişi sörab kelmagan, hatto qönğiroq qilib ham qöyişmagan.
Qisqasi, ariza suvga çökkan toşdek yöq bölib ketgan. IIBning idorasiga boray desa, nogironlar aravaçasida biror joyga borib keliş ham oson emas...
Fuqaroning murojaatini tinglab, uning IIBga yöllagan şikoyati taqdiri bilan qiziqdik. «Yöq bölib ketmagandir har holda...»
Murojaatning daragini topiş unçalik qiyin keçmadi. Qibray tuman IIB navbatçilik qismi bilan telefon orqali boğlandik. Navbatçilik qismidagi xodim yozma şaklda poçta orqali yuborilgan arizalar bölimning kanselyariyasiga kelib tuşişini aytdi va Nigora ismli kanselyariya xodimining telefon raqamini berdi.
Uşbu xodimdan fuqaroning murojaati «Mayskiy POM» (eski nomi bölsa kerak – tahr.) boşliği Sardor Nabiyevga yönaltirilganini bildik. Yana qayta navbatçilik qismi bilan boğlanib, Sardor akaning raqamini olişga erişdik. U kişi bilan suxbatimiz uzoqqa çözilmadi: «Men bu arizani hali olganim yöq, boyagina kanselyariyadan şu arizani olib ketişimni sörab telefon qilişdi. Bu ariza agar meni iş yurituvimga kelib tuşganda, allaqaçon hal qilib, muallifiga javob xatini ham yuborgan bölar edim. Özi (kanselyariya xodimi nazarda tutilmoqda – tahr.) gospitalda yotgan bölsa, qolib ketgandir-da», degan javobni oldik.
Şundan söng IIBning kanselyariyasiga tuşgan murojaatlar uçun mas'ul bölgan öşa xodimga qayta boğlanişga va aniqroq ma'lumot olişga urindik. Biroq bu urinişlarimiz zoye ketdi.
Guvohi bölganingizdek, fuqaroning umid bilan yozgan arizasi oradan bir oydan köproq vaqt ötibdiki, öz ijroçisiga yetib bormabdi.








