Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari:
bir hafta muddatda Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi va Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga qaraşli sanatoriy va boşqa soğlomlaştiriş maskanlarida hamda davlat tasarrufidagi dam oliş va soğlomlaştiriş maskanlari, mehmonxonalari negizida Qoraqalpoğiston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toşkent şahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uçun moslaştirilgan bazalar taşkil etilişi çoralarini köradi;
karantinda saqlanayotgan şaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular örtasida koronavirus infeksiyasi tarqalişining maksimal oldini oliş imkonini beruvçi maxsus karantin obektlari qurilişini qisqa muddatlarda ta'minlaydi.
Bundan oldin, taşkilotlar harorati kötarilgan xodim haqida xabar berişi şart qilib qöyilgani xabar berilgandi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarga yetdi.













