Kun.uz saytida «Sariosiyodagi oxirigaça obod bölmay qolgan mahalla: Şaroit yöqligidan qariyalar qiynalişmoqda» sarlavhasi ostidagi tanqidiy maqolada Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani «Gulobod» mahallasidagi muammolar yoritilgan edi.

11–13 mart kunlari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, «Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvçi raisi Abduğani Sanginov Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida bölib, aholi murojaatlarini örganiş maqsadida joylarda sayyor uçraşuvlar va qabullar ötkazdi.

Senatorning aholi bilan uçraşuvi aynan Kun.uz’dagi maqolada muammolari yoritilgan Sariosiyo tumanidagi «Gulobod» mahallasidan boşlandi. Senator tomonidan holat örganilganda aholining murojaatlari asosli ekani aniqlandi. Eng xarakterlisi, senatorning özi ham şu mahallada tuğilib ösgan.

Senator Abduğani Sanginov Surxondaryo viloyat hokimi Töra Bobolov bilan birgalikda murojaat qilgan mahalladoşlari bilan uçraşdi, ularni qiynayotgan muammolar bartaraf etilişiga va'da berdi va mahallaga 400 kV quvvatga ega yangi transformator nimstansiyasi örnatib beriladigan böldi.

(Qayd etiş kerak, senator bilan uçraşuvdan söng ötgan vaqt içida mahallada yangi simyoğoçlar ham örnatildi, simyoğoçlarga köçalarni tunda yoritiş çiroqlari örnatiş işlari boşlangan, yangi transformator ham örnatilgan. Mahallada çiroq öçmaydigan böldi. Tuman hokimi tomonidan tabiiy gaz tarmoğiga ham ulaş va'da qilindi).

Şundan söng senator özi tahsil olgan 12-sonli umumta'lim maktabidagi mavjud şaroitlar bilan tanişdi.

Ma'lum bölişiça, maktabdagi şaroitlar bugungi kun talabiga javob bermaydi. Senator tomonidan maktabdagi kamçiliklar aniqlanib, maktabga zamonaviy kutubxona, oşxona va faollar uçun alohida zal qurib beriş lozimligi ta'kidlandi.

Senatorga murojaat qilgan Xufar qişloği ahli mahallada bolalar boğçasi yöqligi va qişloqqa olib boruvçi yöl ta'mirtalab bölib qolganini bildirişdi. A.Sanginov uşbu qişloqda 150 örinli MTT qurilişi va qişloqqa olib boruvçi yölni ta'mirlab berilişini ma'lum qildi.

Gazaraksoy daryosining «Boğiston» mahallasi hududidan oqib ötuvçi qismida daryo özani tölib qolib, ekin maydonlarini sel bosiş xavfi bor edi. Aholining murojati böyiça muammo joyiga borib örganildi va sel xavfi oldini oliş uçun daryo sohilida himoya töğoni barpo etilmoqda. Bundan taşqari, «Turmuşobod» mahallasidagi içimlik suvi bilan boğliq murojaat ham senatorning aralaşuvi bilan yeçim topdi.

Şuningdek, tumandagi «Billur» mahallasi tarkibidagi Qalaştepa va Erkin qişloqlari oraliğidagi 4 kilometrlik yöl ta'mirlab berildi.

Şunday söng, senator va aholi örtasidagi uçraşuvlar Uzun tumanida davom ettirildi. Tumandagi «Mustaqillik» mahallasida joylaşgan ikki qişloqni bir-biriga boğlovçi köprik yillar davomida sel tufayli yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Mazkur köprik senator tomonidan töliq ta'mirlab berilmoqda. Hozirgi kunda köprikning suv keluvçi qismida betonlaş işlari amalga oşirilmoqda. Maxsus texnikalar va işçilar işlayotgan köprik qurilişida yakuniy işlar olib borilmoqda.

Abduğani Sanginov uşbu mahallada qurilayotgan 53-sonli umumta'lim maktabidagi quriliş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi. Uzun tumanining çekka hududida joylaşgan uşbu maktab binosi juda açinarli holatga kelib qolgan edi.

Mahalla ahlining murojatidan keyin senator taşabbusi bilan yangi maktab quriladigan böldi. 190 öringa möljallangan yangi maktab binosi zamonaviy loyiha asosida bunyod etiladi. Hozirgi kunda yangi maktab qurilişi boşlab yuborildi.

Sayyor uçraşuvda Sanginov maktab loyihasi bilan tanişdi. Quriliş işlarini öz vaqtida sifatli va töliq bajariş lozimligi yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

Tumandagi 27-sonli maktabga qatnayotgan öquvçilar piyodalar yölakçasining yöqligi uçun katta yöl yoqasidan yurişga majbur bölib kelayotgan edi. Senator tomonidan uşbu muammo tegişli tartibda örganildi va öquvçilar xavfsizligini ta'minlaş maqsadida 1,4 kilometr uzunlikdagi piyodalar yölakçasi bir hafta muddatda qurib berildi.

Senator A.Sanginov tomonidan Denov tumanidagi aholi murojaatlari örganib çiqilib, tumandagi «Holçayon» MFYda joylaşgan 21-sonli qişloq oilaviy poliklinikasini ta'mirlaş işlari boşlab yuborildi.

Mazkur oilaviy poliklinika 15 ming aholiga tibbiy xizmat körsatişga möljallangan. Ammo hozirda ma'muriy bino ayançli ahvolga kelib qolgani sababli u töliq faoliyat körsatmayotgan edi. Senator tomonidan tibbiy muassasani ta'mirlaş, moddiy-texnika bazasini şakllantiriş va jihozlaş borasida bildirilgan taklifdan mahalla ahli xursand böldi.

Senator tomonidan işlab çiqilgan amaliy çora-tadbirlar natijasida tumandagi «Pojur» mahallasiga olib boruvçi 8 kilometrlik içki yöl ta'mirlanib, asfalt yotqiziş işlari boşlab yuborildi.

Şu bilan birga, senator «Löpon» mahallasi aholisining şu hududida joylaşgan 18-sonli oilaviy poliklinikasini yangidan quriş borasida murojaatini örgandi hamda quriliş obekti loyihasi bilan tanişdi.

Senatorning aralaşuvi bilan «Gulobod» va «Özbekiston» mahallalari oraliğida joylaşgan suv ayirğiçda katta sel oldini oliş uçun 500 metrli himoya damba devorlarini quriş işlari yakuniga yetkazildi.

Tumandagi elektr ta'minotini yaxşilaş, simyoğoçlar örnatiş borasida amaliy işlar boşlab yuborilgan bölib, Sanginov tomonidan 5ta transformator yetkazib berildi. Şuningdek, 10 km uzunlikdagi elektr simlarini örnatiş işlari amalga oşirilmoqda.

«Bu kabi ezgu va xayrli işlarni amalga oşiriş, avvalo, aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularga munosib şart-şaroitlarni yaratiş har bir mutasaddining vazifasidir», deydi senator.

Öz muxbirimiz.