«Ayrim OAV tarqatayotgan ma'lumotlarga köra, Toşkent şahri Yunusobod tumani aholisiga elektr energiyasi haqini tölaş böyiça boşqa abonentlarga qaraganda teng bölmagan şaroitlar yaratilgan.

Bu hol 2019 yil 1 yanvardan Yunusobod tumanida yoqilği-energetika resurslaridan oqilona foydalaniş maqsadida joriy qilingan yangi eksperimental haq tölaş tizimining joriy qilinganligi bilan izohlanmoqda.

Hozirgi paytda, karantin bilan boğliq vaziyatni, ya'ni aholining köpçilik qismi öz vaqtini uy şaroitida ötkazişini hisobga olgan holda, Energetika vazirligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga uşbu tajriba bekor qilinişini sörab, murojaatnoma yuborildi. 

Şu munosabat bilan Yunusobod tumani aholisi uçun bazaviy me'yorni bekor qiliş böyiça zarur çora-tadbirlar körilimoqda», deyiladi Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati axborotida.

Eslatib ötamiz, 22 mart kuni Kun.uz saytida «Yakuniga yetkazilmagan islohot yuki yunusobodliklarning çöntagiga tuşmoqda» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Unda butun respublika aholisi elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun bir xil tarifda pul tölayotgan bir paytda, Yunusobod tumani aholisi limitdan ortiqça işlatgan energiya resurslari uçun 20 foiz qimmat narxlarda tölov qilayotgani haqida söz yuritilgandi.

Kun.uz sayti Adliya vazirligi va Moliya vazirligidan tegişli javob kutib qoladi.