Olti oy muddatga eksperiment belgilangan edi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 noyabrdagi «Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida» 897-sonli qarori qabul qilingan edi.
Yoqilği-energetika resurslaridan oqilona foydalaniş maqsadida qabul qilingan uşbu qarorga muvofiq 2019 yilning 1 yanvaridan boşlab eksperiment tariqasida Toşkent şahrining Yunusobod tumanida yangi tizim joriy etildi. Unga köra:
a) aholi iste'moli uçun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
b) aholi iste'moli uçun tabiiy gazning bazaviy normasi:
- isitiş mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yaşaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
- boşqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m etib belgilandi.
Eksperimentning eng muhum jihati sifatida, Yunusobod tumanidagi iste'molçilar uçun limitdan ortiq işlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tarifga nisbatan 1,2 baravar oşirilgan miqdorda narxlar belgilangan.
Gap nima haqida ketayotganini tuşunmaganlar uçun masala mohiyatini misol bilan tuşuntirişga harakat qilamiz.
Aytaylik, 2019 yil yanvar oyida, qöşni Olmazor tumanidagi bir abonent bir oy davomida 1000 (ming) kVt.soat elektr energiyasi işlatdi. U şu sarflangan energiya resursi uçun 250 000 (ikki yuz ellik ming) söm tölagan.
Aynan şu oyda 1000 (ming) kVt.soat elektr energiyasini Yunusobod tumanida sarflagan abonent 285 000 (ikki yuz sakson beş ming) söm, ya'ni 35 ming sömga köproq tölovni amalga oşirgan.
Bunda: 300 kVt.soat (limit) x 250 söm (1 kVt.soat elektr energiyasining 2019 yil yanvar oyidagi narxi) = 75 000 söm.
700 kVt.soat (limitdan ortiq iste'mol qilingan resurs) x 300 söm (belgilangan tarifga 1,2 baravar oşiriş koeffitsiyent) = 210 000 söm.







