Oliy Majlis Senati 24 mart kuni uçinçi yalpi majlisda “Fuqarolarning şaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilişga qaratilgan qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini ma'qulladi.
Uşbu Qonun bilan “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi töğrisida”gi qonunlarga va Jinoyat-protsessual kodeksga özgartiş hamda qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.
Jumladan, prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlar va boşqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oşiriladigan sözlaşuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma'lumotlarini nazorat qiliş belgilanmoqda.
Amaldagi tartibga muvofiq, qonun prezident tomonidan imzolanganidan söng rasmiy yuridik kuçga ega böladi.
Bu xabar Internet orqali tarqalgaç, advokatlar orasida bezovtalik paydo bölgan. Köpçilik, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar va advokatura sohasining nufuzini oşirişga qaratilgan sa'y-harakatlar fonida ilğor xalqaro me'yorlar va oliy sudlov qadriyatlariga zid bölgan mazkur yangi normalarning qabul qilinayotganini ajablaniş bilan qarşi olmoqda.
Yangi normalar nafaqat mazmunan, balki qabul qiliniş tarzi bilan ham xavotirlarga sabab böldi. Zero, yuqorida nomi keltirilgan qonunning normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) muhokama qilingani töğrisida ma'lumot yöq. Qolaversa, prezidentning “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oşiriş va advokatlarning mustaqilligini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga köra, advokatlik faoliyati va sud işini yuritiş bilan boğliq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Advokatlar palatasi bilan kelişilişi şart.
Advokatlar palatasi raisi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qiliş böyiça majlislarida iştirok etiş va ularga doir fikr bildiriş huquqiga ega.
Şu bois Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov mazkur qonun advokatlar hamjamiyati bilan hisoblaşmasdan qabul qilinayotganidan norozilik bildirgan.
“Albatta, bugun Senat tomonidan ma'qullangan, advokatlik faoliyatimizga tegişli özgarişlarga mening ham qat'iy e'tirozim borligini bildiraman. Bu holatdan, advokat va Advokatlar palatasi raisi sifatida - noroziman. Qonun hujjatlarida, advokatlarga tegişli qonun hujjatlari loyihasi, Advokatlar palatasi raisi tomonidan imzolanişi (rozilik olinişi) belgilangan. Biroq, qonunçilarimiz tomonidan bu tartibga rioya qilinmadi. Ya'ni, Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi rais Alim Ernazarov, yuqorida eslangan qonun loyihasiga imzo (viza) qöymagan.
Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, advokatlarimiz jipsligida advokatlik faoliyatida xalqaro standartlarni tatbiq etişga harakat qiladi”, deyiladi raisning advokatlarga murojaatnomasida.












