Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuror roziligi bilan advokatning telefon so‘zlashuvlarini nazorat qilish belgilanmoqda
Tegishli qonun bugun, 24 mart kuni Senatda ma'qullandi.
O‘zbekistonda prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiradigan so‘zlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma'lumotlarini nazorat qilish belgilanmoqda.
Qonunchilikdagi ushbu o‘zgarish «tezkor-qidiruv tadbirlarining yangi turlari joriy etilishi» bilan izohlanyapti.
«Zamonaviy kommunikatsiya vositalari orqali xabar va ma'lumotlar uzatilishini nazorat qilish – davr talabi», deb ta'kidlandi Senatning 24 martdagi yalpi majlisida.
Tashabbuskorlarga ko‘ra, bu qonun jinoyatchilikning barvaqt oldi olinishi va qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan.
«Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun imzolash uchun prezidentga yuboriladi.
Shu asosda 2ta qonun va 1ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
5ta moddadan iborat yangi qonunda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan boshqa normalar ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026