Istanbul prokuraturasi saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi işi böyiça 20 gumonlanuvçiga nisbatan ayblov ilgari surdi. Barça ayblanuvçilar Interpol liniyasi böyiça xalqaro qidiruvga berilgan.
Bu haqda Millі Gazete naşri xabar berdi. Ta'kidlanişiça, Istanbul prokuraturasi Qoşiqçining öldirilişi böyiça tergovni yakunlagan.
Prokuratura ma'lumotlariga köra, ayblanuvçilar orasida Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasining sobiq maslahatçisi Saud al-Qahtoniy va Saudiya razvedkasi rahbarining sobiq örinbosari, general Ahmad al-Asiriy bor. Ular “öta şafqatsizlik bilan qasddan qotillik sodir etişga undaşda”, qolgan 18 kişi esa bevosita qotillikni sodir etişda ayblanmoqda.
Prokuratura bayonotida ta'kidlanişiça, ayblovlar gumonlanuvçilarning mobil telefonlaridagi yozuvlar tahlili, ularning Turkiyaga kirişi va çiqib ketişi, jurnalist öldirilgan konsulxonada bölgani haqidagi ma'lumotlar hamda guvohlar körsatmalari va Qoşiqçining mobil telefoni, noutbugi va iPad planşetidagi ma'lumotlarga asoslangan.
The Washington Post naşrida işlagan Jamol Qoşiqçi 2018 yil 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga taşrifi vaqtida bedarak yöqolgan. 20 oktyabrda Saudiya Arabistoni rasmiy idoralari jurnalist konsullik binosida janjal vaqtida öldirilganini ma'lum qilgan. Jurnalistning jasadi topilmagan. Jahon hamjamiyati uşbu jinoyatni keskin qoralab, Ar-Riyodni oçiq-oydin tergov ötkazişga çaqirgan.
2019 yil dekabrda Saudiya Arabistoni sudi jurnalistning öldirilişi işi böyiça 5 kişini ölim jazosiga va 3 kişini qamoq jazosiga mahkum qilgan. 3 kişidan esa ayblov olingan.
Ta'kidlanişiça, Saudiya Arabistoni prokuraturasi Qoşiqçining öldirilişini taşkillaştirişda muhim rol öynagan bir neça kişiga, jumladan al-Qahtoniy, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi sobiq boş konsuli Muhammad al-Utayba va al-Asiriyga ayblovlar ilgari surmagan.
Anqarada Saudiya Arabistoni olib borgan tergov va çiqarilgan hukmdan norozilik bildirgan.
Şuningdek, BMTda Saudiya Arabistoni sudi çiqargan qaror “maynabozlik” deb atalgan. BMTning suddan taşqari qatl etişlar masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Agnes Kallamard bevosita qotillar aybdor deb topilib, ölim jazosiga hukm qilingani, biroq jinoyat taşkilotçilari nafaqat ozodlikda qolayotgani, balki tergov ham qilinmaganini aytib ötgan.









