Oliy Majlisi Senatining uçinçi yalpi majlisi töğrisida axborotiga asoslanib qator elektron ommaviy axborot vositalarida “Prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boşqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oşiriladigan sözlaşuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma'lumotlari nazorat qilinadi” degan mazmundagi tarqalgan xabarlar köpçilik advokatlarning ijtimoiy tarmoqlarda e'tirozli çiqişlariga sabab böldi.
Advokatlar palatasi öz navbatida, advokatlarning qonun bilan belgilanadigan mavqei xalqaro standartlarga mos kelişi kerakligini ta'kidladi.
Masala yuzasidan Boş prokuratura va Adliya vazirligi özlarining izohlarini e'lon qildi. Ularda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi töğrisida”gi Qonunning 6-moddasiga Jinoyat-protsessual kodeksi va “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi Qonunga özgartirişlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini inobatga olib “... telefonlar va boşqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oşiriladigan sözlaşuvlarni, xabarlar va ma'lumotlar uzatilişini nazorat qiliş” tuşunçalarini aniqlaştiriş maqsadida kiritilayotganligi va bu özgarişlar advokatlarning daxlsizligiga ta'sir qilmasligi bayon qilindi.
Boş prokuratura va Adliya vazirligi ta'kidlaşiça, qonun fuqarolarning şaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilişga qaratilgan bölib, zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari orqali xabarlar va ma'lumotlar uzatilişini nazorat qilişning qonuniy mexanizmlarini mustahkamlaydi.
Amaldagi qonunçilikda advokatning daxlsizligi sifatida unga nisbatan tezkor qidiruv va tergov harakatlarini amalga oşiriş uçun Boş prokuror, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toşkent şahar prokurorlari va ularga tenglaştirilgan prokurorlarning sanksiyasi olinişi belgilangan.
Advokatlar xalqaro standartlardan kelib çiqib, sanksiya beriş masalasini sudlarga ötkaziş zarurligini bildirişmoqda.
Oxirgi ikki yilda advokatura instituti mustaqilligini ta'minlaş va uning inson huquqlarini himoya qilişdagi rolini oşiriş böyiça bir qator islohotlar amalga oşirildi. Xususan, advokatlik faoliyatini litsenziyalaş jarayoni yengillaşdi, litsenziyani töxtatiş va bekor qiliş faqat sud tomonidan amalga oşirilişi belgilandi, ularga soliq yuki ikki barobar kamaytirildi, himoya ostidagi şaxslar bilan uçraşuv va sud-tergov idoralariga kirib çiqiş yengillaştirildi.
Şu bilan birga, mamlakatning bugungi rivojlaniş kölami advokaturaga oid qonunçilikni rivojlantiriş böyiça islohotlarni davom ettirişni talab qiladi. Bu borada ötgan yili mamlakatimizga taşrif buyurgan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayan ham Özbekistonda advokatura institutining mavqeini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş yuzasidan tavsiyalar bergan.
Qayd etiş kerakki, prezidentning 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-sonli “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlaş, bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosan Advokatlar palatasi tomonidan Advokatura institutini rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi tayyorlanmoqda.
Uşbu loyihada sohani tubdan isloh qiliş bilan boğliq barça jihatlar, şu jumladan advokatning daxlsizligini ta'minlaşda ularga nisbatan tezkor qidiruv va sud-tergov harakatlarini amalga oşiriş jarayonida sanksiya berişni prokurorlar vakolatidan sudlarga ötkaziş közda tutilgan.
Yaqin kunlarda advokatlarning muhokamasi va taklif berişlari uçun Konsepsiyaning loyihasi Palataning rasmiy saytida e'lon qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi advokatlar hamjamiyatini hamda barça sohaga aloqador idoralar va mutaxassislarni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan sud-huquq sohasidagi tub islohotlarning eng muhim şarti sifatida advokatura institutining mustaqilligi va uning inson huquqlari himoya qilinişini ta'minlaşdagi rolini oşiriş maqsadida amaldagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş böyiça hamkorlik qilişga çaqiradi, deyiladi Adliya vazirligining Kun.uz'ga taqdim etgan ma'lumotida.
Senatda ma'qullangan yangi qonun böyiça Advokatlar palatasi munosabat bildirdi












