Özbekiston sudlarida fuqarolarning şaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtinça töxtatilgan.
Oliy sud matbuot xizmati sudlar qaysi toifadagi işlarni körişda davom etişi haqida ma'lumot berdi.
Unga köra:
- qamoqqa oliş ehtiyot çorasini qöllaş;
- qamoqda saqlaş muddatini uzaytiriş, özgartiriş yoki bekor qiliş;
- ma'muriy qamoqqa oliş;
- şaxsni tibbiy muassasaga joylaştiriş;
- şaxsni ğayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqiziş (statsionarda yotiş muddatini uzaytiriş);
- şaxsni sil kasalligiga qarşi kuraşiş muassasasiga ğayriixtiyoriy tartibda yotqiziş (muassasada yotiş muddatini uzaytiriş);
- fuqaroni muomala layoqatini çeklaş yoki muomalaga layoqatsiz deb topiş;
- va boşqa keçiktirib bölmaydigan toifadagi işlarni körib çiqiş davom etadi.
Şuningdek, sudlar sud buyruği tartibidagi işlarni ham körişi mumkin.
Fuqarolar hujjatlarni sudlarga faqat elektron şaklda yoki poçta orqali yuborişi tavsiya etiladi.
Bundan taşqari, körib çiqiliş uçun tayinlangan işlar qoldirilgani sababli, ularni körilişga qayta tayinlangan vaqti böyiça sud majlisi iştirokçilariga alohida xabar qilinadi.













