«2020 yil 20 mart kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining yiğilişi ötkazildi. Unda «Özbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş töğrisida»gi Rayosat qarori qabul qilindi.

Hujjatda mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning şaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari töxtatib turilişi, fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron şaklda yoki poçta orqali yuboriş tavsiya etilişi nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, sudlar tomonidan faqat keçiktirib bölmaydigan toifadagi işlar körilişi belgilandi.

Şuningdek, qarorda barça sudlar işlarni texnik imkoniyat mavjud bölganda videokonferensaloqa rejimida körilişini taşkil etişi, sud majlisi iştirokçilari bölmagan şaxslarning sud binolariga kirişi qat'iyan man etilişi közda tutilgan», deiladi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov tomonidan taqdim etilgan ma'lumotda.