Maktabgaça yoşdagi bolalarni karantin vaqtida masofada öqitiş tizimini işlab çiqildi.Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi Milliy teleradiokompaniyasi yordamida ota-onalarga maktabgaça yoşdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvçi ta'lim berişda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar boğçasi» dasturini işlab çiqdi. U öz içiga quyidagi ta'lim loyihalarini qamrab oladi:
- «Ilk qadam» — 3-5 yoşdagi bolalar uçun;
- «Aqlvoy» — 6 yoşdagi bolalarni maktabgaça tayyorlaş uçun.
Loyihalar nimalarga bağişlangan?
20-25 daqiqalik uşbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir maşğulot mavzusi maktabgaça yoşdagi bolani rivojlantirişning 4-5 soha: atrof olamni örganiş, ijodiy va ta'lim oliş, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirişni qamrab oladi:
«Ilk qadam» - bu:
- quvnoq qahramonlar iştirokidagi ertalabki badantarbiya;
- interfaol öyin şaklidagi ingliz tili maşğuloti;
- mental arifmetika va matematik hisob asoslari;
- yoş sayyoh (mitti döstlarimiz uçun Özbekistonning qadimgi şaharlari haqida körsatuvlar töplami);
- mitti yordamçi (oşxona taomlari tayyorlaş böyiça mahorat darslari);
- logoped bilan maşğulot.
«Aqlvoy» — bu:
- MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Tamaraxonim) iştirokidagi bolalar ta'lim körsatuvlari;
- mahorat sinflari;
- uy şaroitlarida amaliy tajribalar.
Maşğulotlarni qayerda tomoşa qiliş mumkin?
1 apreldan boşlab «Bolajon» telekanalida duşanbadan jumagaça soat 08:00 dan efirga uzatiladi.
Onlayn-maşğulotlar quyidagi internet-resurslarda joylaştiriladi:
- MTV rasmiy sayti: http://Mdo.uz
- Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3JzcmsPO0jpg
- instagram:









