


Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida qöşimça çora-tadbirlar belgilangan edi.
Komissiya qaroriga köra, 6 apreldan e'tiboran «özini yakkalaş» hayot tarzi Nukus va Toşkent şaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravişda joriy etilgan edi.
Şuningdek, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00dan e'tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlaniş karantin davrida vaqtinça çeklanişi belgilangan edi.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat etiş, şuningdek, iş joyiga boriş va keliş uçun ruxsat etiladi.
Samarqand şahrida ham bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida reyd tadbirlari ötkazilmoqda. Karantin qoidalari buzilgan deb topilgan holatlarda mototransport va velosipedlar Içki işlar idoralarining tegişli bölimlariga olib ketilmoqda.



Mazkur vositalar karantin davri tugagunça qadar IIB maxsus maydonlarida qoladi.













