Komissiya qaroriga köra, joriy yil 6 apreldan e'tiboran «özini yakkalaş» hayot tarzi Nukus va Toşkent şaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravişda joriy etiladi:
Karantin talablarining ijrosini sözsiz ta'minlaş hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bölmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilişiga yöl qöymaslik maqsadida istisno tariqasida içki işlar organlari yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boşqarganlik uçun transport vositasini jarima maydonçasiga joylaştiriş yöli bilan uşlab turiladi.
Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00 dan e'tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlaniş karantin davrida vaqtinça çeklanadi.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat etiş, şuningdek, iş joyiga boriş va keliş uçun ruxsat etiladi.


















