Adliya vazirligi xabariga köra, uşbu qaror koronavirus infeksiyasi keng tarqalişining oldini oliş va e'lon qilingan karantin talablariga qat'iy rioya etilişini ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.

Şu sanaga qadar olingan ruxsatnomalar asosida harakatlaniş huquqi saqlab qolindi.

Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar röyxati qisqartirilib, alohida e'lon qilinadi.

Körib çiqiş jarayonida bölgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.

Ma'lumot örnida, maxsus ruxsatnoma oliş uçun 195 mingga yaqin ariza kelib tuşgan bölib, şulardan 33 mingdan ortiği qanoatlantirilgan, 142,5 mingga yaqin sörov rad etilgan, 19 mingdan ziyod ariza körib çiqiş jarayonida edi.

Eslatib ötamiz, 30 martdan 9 aprelga qadar quyidagilarga maxsus ruxsatnomalar berib kelindi:

  • Oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot buyumlarini işlab çiqaruvçi va realizatsiya qiluvçi tadbirkorlar va u yerda işlaydigan xodimlarning avtotransport vositalariga. Bunda dorixonalar uçun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat berilişi közda tutilgandi.
  • Umumiy ovqatlaniş korxonalarining yetkazib beriş xizmatini (kurer va «dostavka») körsatayotgan avtotransport vositalari, şuningdek, mazkur korxonalarda doimiy işlovçi xodimlarning şaxsiy avtotransportlari.
  • Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq va Zangiota tumanlarida, Toşkent şahrining Olmazor, Çilonzor va Yaşnobod tumanlarida barpo etilayotgan şifoxona va xiyobonlar qurilişiga jalb etilgan yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegişli M1 toifadagi transport vositalari.