Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berildi
Davlat xizmatlari agentligi karantin vaqtida avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar berish bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 8 aprel holatiga 195 mingga yaqin ariza kelib tushgan bo‘lib, shulardan 175 mingdan ortig‘i ko‘rib chiqilgan. Natijada 33 mingdan ziyod ariza qanoatlantirilgan, 142,5 mingga yaqin so‘rov belgilangan talablarga javob bermagani uchun rad etilgan.
Eng ko‘p ariza Toshkent shahridan – 71 mingdan ortiq. Toshkent viloyatida 17 mingga yaqin, Farg‘onada 16 mingdan ortiq, Samarqandda 14 mingdan ziyod haydovchi maxsus ruxsatnoma olish uchun so‘rov kiritgan.
Shu paytgacha DXMlar tomonidan Sirdaryo viloyatida bor-yo‘g‘i 125ta, Jizzax viloyatida 313ta stiker berilgani e'tiborga molik.



Mavzuga oid
19:55 / 26.12.2025
O‘zbekistonda ID-kartani qanday olish mumkin?
14:16 / 18.12.2025
“Biznesni 15 daqiqada boshlash”: davlat xizmatlari kompleks tarzda taqdim etiladi
14:40 / 17.12.2025
Retseptli dorilarni onlayn aniqlash xizmati ishga tushdi
11:14 / 15.12.2025